Odam anatomiyasi va antropologiya asoslari fani, uning vazifalari o'rganish usullari, rivojlanish tarixi Reja: 1. Odam anatomiyasi va antropologiyasi fani haqida tushuncha. 2. Odam anatomiyasi tibbiy fanlarning asosi. Salomatlik haqida tushuncha. 3.Anatomiyaning o'rganish usullari. 4. Anatomiya atamalari. 5. Anatomiya fanining rivojlanish tarixi. 6. O'zbekistonda tibbiyot fanining qisqacha rivojlanish tarixi. 7. O'zbekiston Respublikasida sog'lom avlodni shakllantirish borasidagi tadbirlar. Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha. Odam anatomiyasi odam organizmining shaklini, tuzilishini,uning rivojlanish jarayonini o'rganadigan fan bo'lib, har bir a'zoni jinsiy va yosh jihatdan tafovut qilishini, shuningdek, atrof muhitning a'zolar tuzilishi va funksiyasiga bo'lgan ta'sirini o'rganadi. Odam anatomiyasi tibbiyotning asosini tashkil qilib bir qancha fanlarni o'z ichiga oladi. Solishtirma anatomiya - odam organizmining hayvonlar organizmidan tubdan farq qilishi odamning evolyutsion taraqiyoti qonunlari - filogenezga taqqoslangan holda odam holatiga o'tish jarayoni antropogenizni o'rganadi. Embriologiya - odam organizming paydo bo'lishini tugilguncha ona qornida o'sib rivojlanib borishini o'rganadi. Yoshga doir anatomiya - tug'ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo'lgan davrda organizm tuzilishidagi tofovutlarni o'rganadi. Antropologiya - organizm shakllanishi, rivojlanishiga odamlar yashab turgan muhitning iqlimiy - geografik sharoiti, ijtimoiy va biologik omillarning ta'sirlarini o'rganadi. Funksional anatomiya - a'zolarning tuzilishi ularning vazifalariga bog'liq holda shakllanib borishini o'rganadi. Fiziologiya - organizm a'zolar tizimi, a'zolarni, shuningdek, to'qima va hujayralarning hayotiy faoliyatini o'rganadi. Sitologiya - organism hujayralarining tuzilishi, shakllari, ko'payishi, kimyoviy tarkibini o'rganadi. Gistalogiya - a'zolarni tashkil qilgan to'qimalarni o'rganadi. Patologik anatomiya- a'zolarning kasallik holatidagi o'zgarishlarni o'rganadi. Sistematik anatomiya- bir-qancha bo'limdan iboratdir. U organizmning har-xil sistemalarini o'rganadi, masalan, suyaklarni osteologiya, bo'g'imlarni sindesmologiya, muskullarni miologiya, ichki a'zolarni splanxologiya, qon tomirlar tuzulishini angiologiya, ichki sekretsiya bezlarini ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.44 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.44 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:10 ]
Arxiv ichida: doc