Odam anatomiyasi va fiziologiyasi Reja. 1. Odam anatomiyasi haqida tushuncha. 2. Fiziologiya haqida tushuncha. 3. Odam anatomiyasi va fiziologiyasini kelib chiqish tarixi. 4. hujayraning umumiy tuzilishi 5. to'qimalar-turlari vatiklanish xususiyatlari. Odam anatomiyasi (anatomiya grekcha apateme-kesaman so'zidan olingan) odam organizmining tuzilishini, uning rivojlanish protsessini o'rganadi. Anatomiya xar bir organning o'ziga xos tafovutlarini, shuningdek tashqi muhit sharoitini organlar tuzilishi va vazifalariga ta'sirini xam tadqiq qiladi. Shu jihati bilan xam anatomiya biologiya faniig bir kismi-morfologiya kismi hisoblanadi. Kadim anatomiya fani odam organlarini alohida- alohida urganib kelgan. Ularni o'zaro munosabatini organizmning bir butunliliga etibor kilmay, fakat faktlarni to'plash bilan chegaralanib kolgan. hozirgi davrda organizimning yagona sistema ekanligi, uning tashqi muhit bilan chambarchas bog'liqligini, organlarning shakli bilai funksiyasi bir biriga bevosita aloqador ekanii tadqiq qiladi. Odam organizmining ona kornida usib, rivojlanib borishini embriologiya (embriogenez-embrion - mo'rtak, kurtak) fani urgansa, tug'ilgandan keyingi odam hayotining oxirigacha bo'lgan protsessni «yoshga doir» anatomiya o'rganadi. Organizmning shakllanishi va rivojlanishiga odam yashab turgan joylarning iqlimiy-geografik sharoiti, ijtimoiy tuzum ta'sir etadi. Bularni Aptropologiya fani o'rganadi. Fiziologiya (yunoncha physis- tabiat, logos-fan, ta'limot so'zidan olingan) organizmini, organlar sistemasi va alohida organlar ,to'qimalar, hujayralarning hayotiy faoliyatini o'rganish bilan shugullanadi. U bunga yoshga. jinsga va atrof muhitning organizm ta'siriga xam ahamiyat beradi. Morfologiya (yunoncha morphe-shakil demakdir) fani esa organlarning tuzilishi va shakllarini o'rganadi. Fiziologiya esa ularning vazifalari bilai shugullanadi. Fiziologiya hujayralarni o'zaro munosabatini, to'qima va organlarning bajaradigan hayotiy vazifalarini tadqiq qiladi. Xususiy fiziologiya organizimdagi organ yoki organlar sistemasi vazifalarini o'rganadi . Bundan tashqari fiziologiya odamda jismoniy mehnatga, yoshga karab buladigan o'zgarishlarni , taomlarning ta'sirini o'rganadi hujayralar ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.2 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.2 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:10 ]
Arxiv ichida: doc