Orqa miyaning tuzilishi

Orqa miyaning tuzilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Orqa miyaning tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Orqa miyaning tuzilishi Reja: 1. Nerv tizimining tuzilishi, funksiyasi va ahamiyati. 2. Neyron, nerv tolasi va neyrogliyaning tuzilishi, vazifalari. 3. Orqa miyaning tuzilishi, funksiyasi. 4. Refleks. Refleks yoyi Nerv tizimining tuzilishi, funksiyasi va ahamiyati. Nerv tizimining funksiyasi ikki qismga bo'lib o'rganiladi. Nerv tizimining birinchi funksiyasi odam organizmining barcha hujayra, to'qima, a'zo va tizimlarining ishini boshqarish, tartibga solish hamda ularning bir-biri bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlashdan iborat. I. P. Pavlov nerv tizimining bu funksiyasini uning quyi funksiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa miya va bosh miyaning quyi qismlari (uzunchoq, o'rta, oraliq miya va miyacha) da joylashgan nerv markazlari bajaradi. Nerv tizimining ikkinchi funksiyasi shundan iboratki, u odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog'lanishini, muomalasini, tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta'minlaydi. Tashqi muhit ta'sirida, atrofdagi boshqa odamlar bilan munosabati natijasida odamda paydo bo'lgan fikrlash, fikrni bayon etish, bilim olish, hunar o'rganish va ularni esda saqlash kabi yuksak insoniy xususiyatlar ham nerv tizimining ana shu ikkinchi funksiyasiga kiradi. Pavlov nerv tizimining bu funksiyasini oliy nerv faoliyati deb atagan. Nerv tizimining bu funksiyasini uning yuqori qismi (bosh miya yarim sharlari va uning po'stloq qismi) da joylashgan nerv markazlari bajaradi. Nerv tizimi ikki qismdan iborat: periferik va markaziy nerv tizimi. Periferik nerv tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadig'an 12 juft nervlar hamda umurtqa pog'onasi atrofida va ichki a'zolarda joylashgan nerv tugunlari kiradi. Markaziy nerv tizimiga orqa va bosh miya kiradi. Markaziy nerv tizimining segmentar, ya'ni quyi qismiga uzunchoq miya, Varoliy ko'prigi, o'rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.91 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.91 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga