Orqaning yuza muskullari

Orqaning yuza muskullari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Orqaning yuza muskullari - rasmi

Material tavsifi

Orqaning yuza muskullari Reja: Orqaning serbar muskuli Kurakni ko'taruvchi muskul Orqaning chuqur muskullari Bo'yin va boshning tasma muskullari Tananing old tomonidagi muskullar Ko'krak qafasining xususiy muskullari Ko'krak-qorin to'sig'i - diafragma Qorin muskullari Qorin to'g'ri muskulining qini Chov kanali Trapetsiyasimon muskul (m. trapezius) uchburchak shaklli serbar muskul bo'lib, ensa suyagining g'adir-budur chizig'i ensa boylami (lig. nuchae)dan, barcha ko'krak umurtqalarining qirrali o'siqlaridan boshlanadi. O'mrov suyagining akromial tomondagi qismiga ko'rakning baland qirrasi (spina scapulae) yopishadi. O'ng va chap tomondagi muskullar birgalikda trapetsiyaga o'xshaydi. Muskullarning yuqori tutamlari yuqoridan pastga, o'rta tutamlari ko'ndalang, pastki tutamlari pastdan yuqoriga ko'tariladi. F u n k s i y a s i. Muskulning yuqori qismi qisqarganda yelka kamarini (kurak va o'mrov suyaklarini) yuqoriga ko'taradi. Qo'lni yuqoriga ko'tarishda qatnashib, kurakning pastki burchagini tashqariga tortadi. Trapetsiyasimon muskullarning pastki qismi qisqarsa, kurak pastga tortiladi. Ikki tomondagi muskulning hamma tolalari qisqarsa, ikkala kurak bir-biriga (umurtqa pog'onasiga) yaqinlashadi. I n n e r v a t s i y a s i: n.accessorius XI va CII-IV plexus cervicalis dan. Q o n t o m i r l a r i: a.transversa colli, a.occipitalis, a.suprascapularis, aa.intercostales posteriores. Orqaning serbar muskuli (m. latissimus dorsi) orqa tomonning pastki qismini qoplab, teri ostida (yuzada) yotadi. Bu muskul pastki to'rtta kurak umurtqasining, barcha bel umurtqalarining qirrali o'siqlaridan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan va pastki to'rtta qovurg'adan boshlanadi. Muskul tolalari pastdan yuqoriga va lateral tomonga yo'nalib yig'ilib, asta-sekin xipcha tog'ayga o'tadi va yelka suyagining kichik g'adir-budur qirrasi (crista tuberculi minoris)ga yopishadi. F u n k s i y a s ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 425.33 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 425.33 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga