Ovqat hazm qilish a'zolarining tuzilishi

Ovqat hazm qilish a'zolarining tuzilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ovqat hazm qilish a'zolarining tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Ovqat hazm qilish a'zolarining tuzilishi Reja: 1.Ovqat hazm qilishning ahamiyati. 2.Og'iz bo'shlig'ining tuzilishi. 3.Halqum va qizilo'ngachning tuzilishi. 4.Me'daning tuzilishi. 5.Ingichka ichaklarning tuzilishi. 6.Yo'g'on ichakning tuzilishi. 7.Jigarning tuzilishi. 8.Me'da osti bezining tuzilishi. Ovqat hazm qilishning ahamiyati. Ovqat hazm qilish murakkab fiziologik jarayon bo'lib, bunda ovqat fizik va kimyoviy o'zgarishlar natijasida mayda zarrachalarga parchalanib, me'da va ichak bo'shlig'idan qon hamda limfa tomirlariga so'riladi. Ovqat og'iz bo'shlig'ida tishlar yordamida, me'da va ichaklarning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishi fizik o'zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog', uglevodlarning fermentlar ta'sirida parchalanishi kimyoviy o'zgarish deb ataladi. Ovqatni parchalovchi fermentlar uch guruhga bo'linadi. 1. Proteazalar - oqsillarni parchalovchi fermentlar. 2. Lipaza - yog'larni parchalovchi ferment. 3. Karbogidrazalar - uglevodorodlarni parchalovchi fermentlar. Bu fermentlar til osti, jag' osti, quloq oldi so'lik bezlarida, me'da va ichaklarning shilliq qavati ostida joylashgan bezlarda hamda me'da osti bezida ishlab chiqariladigan suyuqliklar tarkibida bo'ladi. Fizik va kimyoviy o'zgarishlar natijasida ovqat tarkibidagi oqsillarning parchalanishidan aminokislotalar, yog'larning parchalanishidan glitserin va yog' kislota, uglevodlarning parchalanishidai monosaharidlar hosil bo'ladi. Ular me'da ichaklar devoridagi qon va limfa tomirlariga so'riladi. Ovqat hazm qilish a'zolarining tuzilishi va vazifasi. Ovqat hazm qilish tizimi og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, me'da, o'n ikki barmoq ichak, ingichka va yo'g'on ichaklar hamda me'da osti bezi va jigar kabi a'zolardan tashkil topgan. Og'iz bo'shlig'i - ovqat hazm qilish tizimining boshlang'ich qismi bo'lib, unda tishlar, til va so'lak bezlarining kanalchalari joylashgan. Og'iz bo'shlig'ida oziq moddalar aksariyat fizik va qisman kimyoviy o'zgarishlarga uchraydi. Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki xil bo'ladi: sut tishlari - 20 ta, doimiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.69 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.69 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga