Qo'l-oyoq suyaklari Reja: Yelka kamari suyaklari Qo'lning erkin turgan bo'limidagi suyaklar Qo'l suyaklarining birlashuvi Qo'l muskullari Odam qo'l -oyoq skeletlarining umumiy ko'rinishi. Odamning qo'l skeleti bilan oyoq skeletining tuzilishida bir qadar o'xshashlik bo'lsa ham, vazifalari bir-biridan tubdan farq qiladi. Odam oyoqlari yordamida bir joydan ikkinchi joyga yurib boradi va gavdasini ko'tarib tura oladi. Qo'l esa mehnat quroli bo'lib, ushlash vazifasini bajaradi. Qo'l-oyoq suyaklari joylashgan joylariga qarab kamar va erkin turgan bo'limlarga ajratiladi. Qo'l ham o'z kamarlari vositasida tana skeletiga qo'shilib turadi. Qo'l skeleti (35-rasm )- yelka kamari (cingulum membri superioris) o'mrov va kurak suyaklaridan iborat. Qo'lning erkin joylashgan (skeleton membri superioris libri) yelka suyagi, bilak (tirsak va bilak) suyaklaridan va qo'l panjasi skeletidan iborat. rasm. Qo'l suyaklari. 1 - ossa digitorum manus; 2 - ossa metacarpi; 3 - ossa carpi; 4 - ulna; 5 - humerus; 6 - scapula; 7 - clavicula; 8 - radius. YELKA KAMARI SUYAKLARI Yelka kamari ikkala tomonda bittadan o'mrov va kurak suyaklaridan tuzilgan. O'mrov (clavicula, 36,37-rasmlar), qo'lni tanaga birlashtirib turadigan birdan-bir suyak bo'lib, shakli lotincha S harfiga o'xshab bukilgan, uzun. To'sh suyagiga birlashgan uchiga exremitas sternalis va uning bo'g'im yuzasiga facies articularis sternalis, ikkinchi kurakdagi yelka o'sig'iga birlashadigan uchiga extremitas asromialis deyiladi, unda yelka o'sig'iga bo'g'im hosil qilib birlashadigan kichkina bo'g'im yuzasi - facies artricularis asromialis ko'rinadi. O'mrov suyagi yelka bo'g'imining tanadan uzoqroqda bo'lishini ta'minlaydi. Natijada qo'lning rasm. O'mrov suyagi (clavicula). Tepa yuzasi.1 - extremitas asromialis; 2 - extremitas sternalis; 3 - facies articularis sternalis. har turli murakkab harakatlarni osongina bajarishiga qulaylik tug'dirib beradi. Ba'zida ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
327.43 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
327.43 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:44 ]
Arxiv ichida: doc