Qon aylanish a'zolarining tuzilishi

Qon aylanish a'zolarining tuzilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qon aylanish a'zolarining tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Qon aylanish a'zolarining tuzilishi Reja: 1.Organizmning ichki muhiti haqida tushuncha. 2.Qonning ahamiyati. 3.Qonning fiziologik xossalari. 4.Qon plazmasi. 5.Qonning shaklli elementlari 6.Qon guruhlari. 7.Qon aylanish tizimi. 8.Yurakning tuzilishi va ishlashi. 9.Katta va kichik qon aylanish doiralari. 10.Limfa aylanishi. Organizmning ichki muhiti haqida tushuncha. Qon haqida fikr yuritishdan oldin organizmning ichki muhiti haqida tushunchaga ega bo'lish zarur. Chunki qon organizm ichki muhitining bir qismi hisoblanadi. Organizmning ichki muhitiga hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi suyuqlik kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik o'z navbatida hujayralararo va tomirlar ichidagi (qon va limfa) suyuqliklarga bo'linadi. Odam tanasi massasining o'rtacha 60 % ini suv tashkil qiladi. Shundan 35 % i hujayra ichidagi va 25% i hujayra tashqarisidagi suyuqlikdir. Qon hujayra tashqarisidagi suyuqlikning tarkibiy qismi bo'lib, uning miqdori tana massasining o'rtacha 7 % ini tashkil qiladi. Shundan qon plazmasi tana massasining 4,5 - 5 % ini tashkil etadi. Organizm qancha yosh bo'lsa, tana massasining ko'proq qismini, ya'ni 65-70 % ini suyuqlik tashkil qiladi. Bu yosh organizmda moddalar almashinuvi jarayoni keksalardagiga nisbatan ancha faol o'tishini ta'minlaydi. Organizmning ichki muhiti, ya'ni yuqoridagi suyuqliklarning miqdori, kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi va barcha fizik - kimyoviy xususiyatlari nisbiy doimiydir. Bu nisbiy doimiylik xususiyati gomeostaz deb atalib, u hujayralar va to'qimalarning normal ish faoliyati uchun qulay sharoit hisoblanadi. Ichki muhitning nisbiy doimiyligi organizmning ko'pchilik a'zolar tizimi (nerv-endokrin, ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, ayirish kabilar) ning birgalikdagi faoliyati orqali ta'minlanadi. Shuning uchun ham organizmning barcha hujayralari, to'qimalari, a'zolari va tizimlari yaxlit, bir butun bo'lib, ular ish faoliyatida bir-biri bilan mustahkam bog'langan. Organizm ichki muhitning fizik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.39 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.39 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga