Qon. Qon aylanish organlarining yosh xususiyatlari

Qon. Qon aylanish organlarining yosh xususiyatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qon. Qon aylanish organlarining yosh xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Qon. Qon aylanish organlarining yosh xususiyatlari Rеja: 1.Organizmda qonning ahamiyati. 2.Qonning xususiyatlari va tarkibii qismi. А) eritrotsitlar Б) lеykotsitlar В) trombotsitlar 3.Qonning cho'kish tеzligi va qon guruhlari. 4.Qon aylanish va yurak-tomir faoliyatining yosh xususiyatlari. 5.Yurak qon-tomir sistеmasining chiniqtirish va jismoniy mashqlanishning ahamiyati. Qonning ahamiyati. Qon odam organizmda muhim ahamiyatga ega bo'lib quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Qonning nafas olish funksiyasi. Qon o'pkadan kislorodni qabul qilib, hujayra va to'qimalarga olib boradi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazini nafas olish organlariga yetkazadi. 2. Qonning transport (tashuvchanlik) funksiyasi. Me'daichaklarda hazm bo'lgan oziq moddalar qon va limfatomirlariga so'rilib, qon orqali hujayralarga yetkaziladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq (zaharli) moddalarni ayirish organlariga yetkazib beradi. 3. Qon barcha to'qima va organlar funksiyasining gumorol yo'l bilan boshqarilishida ishtirok etadi. Endokrin bezlarda sintez qilingan moddalar qonga o'tib, u orqali to'qima va organlarga yetkaziladi. 4. Qonning himoya funksiyasi. Organizmga kirgan zaharli moddalar va mikroblar qon tarkibidagi leykositlar tomonidan yutib, parchalab, eritib yuboriladi. Bundan tashqari qon zardobtda oqsil zarrachalar (antitelalar) bo'lib, ular mikroblarni bir-biriga yopishtirib, eritib yuboradi. 5. Qon tana haroratining nisbiy doimiyligini saqlashda ishtirok etadi. Qonning uzluksiz harakati orqali moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan issiqlik energiyasi tananing barcha qismlariga tarqalib, ulardagi harorat doimiyligini ta'minaydi. Organizmning ichki muhiti. Qon organizm ichki muhitining bir qismi hisoblanadi. Organizmning ichki muhitga hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi suyuqliklar kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqliklar o'z navbatida hujayralararo (to'qima suyuqligi), va tomirlar ichidagi (qon, limfa) suyuqliklarga bo'linadi. Organizm ichki muhiti, ya'ni yuqoridagi suyuqliklarning miqdori, kimyoviy tarkib, osmotik bosimi va barcha fizik-kimyoviy hususiyatlari nisbiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.88 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.88 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga