Suyaklarning o'zaro birlashuvi - artrologiya

Suyaklarning o'zaro birlashuvi - artrologiya

O'quvchilarga / Tibbiyot
Suyaklarning o'zaro birlashuvi - artrologiya - rasmi

Material tavsifi

Suyaklarning o'zaro birlashuvi-artrologiya Til osti suyagidan tashqari hamma suyaklar o'zaro turlicha birlashadi. Jumladan, uzluksiz (harakatsiz) birlashmalar - sinartroz (synarthrosis), harakatchan birlashmalar (bo'g'imlar) - diartroz (diarthrosis). Uzluksiz (sinartroz) birlashmalarda suyaklar o'zaro biriktiruvchi to'qima pardalar yoki tog'aylar bilan birlashgan bo'lib, harakatsiz yoki kam harakatli birlashmalarni vujudga keltiradi. Bu xildagi birlashmalar uch turda uchraydi. I. S i n d e s m o s (syndesmosis). Suyaklar tolali biriktiruvchi to'qimalar yordamida birlashadi. Biriktiruvchi to'qima turlicha bo'lib, suyaklar orasida keng parda (suyaklararo parda) yoki tutam (boylam) holatda joylashadi. Bundan tashqari, kalla suyaklarining ko'pchiligi yupqa biriktiruvchi to'qima pardasi vositasida chok (sutura) hosil qilib qo'shiladi. II. S i n x o n d r o z (synchondrosis). Suyaklar o'zaro tog'aylar vositasida birlashadi. Bu xildagi birlashmalarda suyaklar bir tomondan bir oz harakatchan bo'ladi, ikkinchi tomondan suyak oralig'idagi tog'ay amortizator vazifasini bajaradi. II. S i n o s t o z (synostosis). Suyaklar oralig'idagi parda suyaqlanib ketadi. Natijada bir nechta suyaklar birlashib butun bitta suyakni hosil qiladi. Jumladan bolalarda dumg'aza umurtqalari tog'ay parda bilan birlashsa, katta odamlarda o'zaro suyaqlanib, bitta dumg'aza suyagini vujudga keltiradi. Yoki kalla skeletining tepa suyaklari yosh bolalarda sindesmoz bo'lib birlashsa, katta odamlarda suyaklararo pardaning suyaqlanishi natijasida sinostoz bo'lib birlashadi. Sindesmoz bilan sinostoz o'rtasida yarim bo'g'im - simfiz (symphysis) yoki gemiartroz birlashmalari ham uchrab turadi. Bu xildagi birlashmalarda suyak oraliq tog'aylarida kichikroq bo'shliq bo'ladi. Qov suyaklarining o'zaro birlashishi gemiartrozga misol bo'la oladi. IV. D i a r t r o z (diarthrosis) yoki bo'g'imlar (articulatio) suyaklarning bir-biriga yaqinlashmasdan o'rtada bo'shliq qoldirib qo'shilishidan vujudga keladi. Bo'g'im hosil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.85 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.85 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga