Tayanch-harakat tizimining tuzilishi va ahamiyati ma'ruzachi: b.f.n., dots. Rahmatullaev Yorqin Shokirovich O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARShI DAVLAT UNIVYeRSITYeTI Tayanch-harakat apparatining umumiy tuzilishi Suyaklarning tuzilishi va vazifalari Suyaklarning o'sishi va rivojlanishi Suyaklarning birikishi va bo'g'im harakatlari RYeJA Tayanch-harakat apparatining umumiy tuzilishi Odam orgnizmining tayanch-harakat apparati embrional rivojlanish davrida uning mezoderma qavatidan hosil bo'lib, shakllanadi va asta-sekin funktsiallashadi. Tana skeleti (scletos - quritilgan) organizm tuzilishining asosini tashkil qilib, uning katta-kichikligini va shaklini belgilaydi, tayanch va himoya funksiyasini bajaradi hamda muskullar bilan birgalikda hayot uchun muhim a'zolar joylashadigan bo'shliqlarni hosil qiladi. Masalan, bosh miyani kalla suyagi, orqa miyani umurtqa pog'onasi, o'pka, yurak va boshqalarni ko'krak qafasi himoya qilib turadi va hokazo. Organizmdagi barcha suyaklar har xil (uzun va kalta richaglar) ko'rinishida tuzilganligi bois harakat qila oladi hamda ular harakatchan birlashmalar - bo'g'imlar, boylamchalar va muskullar yordamida bir-biriga birikadi hamda nerv tizimi orqali boshqarilib turadigan muskullar tomonidan harakatga keltiriladi. Suyaklar asosan anorganik va organik moddalardan iborat bo'lib, ularning elastikligi tarkibidagi organik modda-larga, qattiqligi esa mineral tuzlarga bog'liq. Suyaklarda mana shu moddalar o'zaro qo'shilishidan ularning pishiqligi va qayishqoqligi ta'minlanadi. Odam skeleti bosh, gavda (umurtqa pog'onasi va ko'krak qafasi) hamda qo'l-oyoqlar skeletidan iborat bo'ladi. Bosh skeleti kalla suyagining miya va yuz bo'limlaridan iborat. Kalla suyagining miya bo'limi ikkita juft (chakka va tepa suyaklari) hamda to'rtta toq (pesxona suyagi, g'alvirsimon, ponasimon suyaklar va ensa suyagi) suyaklardan tashkil topgan. Gavda skeleti esa ustma-ust bo'lib joylashgan, 33-34 ta umurtqa suyagidan tashkil topgan umurtqa pog'onasi va ko'krak qafasidan iborat bo'ladi. Umurtqalar orasida tog'ay to'qimasidan iborat qatlamlar ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.04 MB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.04 MB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:24 ]
Arxiv ichida: pptx