Vegetativ nerv tizimi Reja: Vegetativ nerv tizimi haqida umumiy tushuncha Vegetativ nerv tizimining tuzilishi Simpatik nerv tizimi Parasimpatik nerv tizimi Vegetativ nerv tizimi haqida umumiy tushuncha. Vegetativ nerv tizimi X1X asrning boshida fransiyalik fiziolog F.K.Bishning taklifiga muvofiq, bajaradigan funksiyasiga ko'ra nerv tizimi ikki qismga: somatik va vegetativ nerv tizimiga bo'linadi. Somatik nerv tizimi odam tanasining skelet muskullari, sezgi a'zolari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv tizimi ichki a'zolar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi. Skelet muskullaridagi moddalar almashinuvi jarayoni ham vegetativ nerv tizimi tomonidan, ammo bu muskullarning sezish va harakatlanish funksiyalari somatik nerv tizimi orqali boshqariladi. Somatik va vegetativ nerv markazlarining joylashishi ham bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, somatik nerv tizimining markazlari orqa miya va bosh miyaning hamma qismlarida bir tekis joylashgan. Vegetativ nerv tizimining markazlari esa orqa va bosh miyaning ma'lum qismlaridagina joylashgan. Vegetativ nerv tizimining tuzilishi. Vegetativ nerv tizimining markazlari orqa miyaning birinchi ko'krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha va dumg'aza segmetlarida hamda bosh miyaning pastki qismlarida (uzunchoq va o'rta miyada) joylashgan. Bu markazlarning funksiyasi esa o'z navbatida oraliq miyadagi gipotalmus, po'stloq ostidagi targ'il tana hamda bosh miyaning po'stloq qismidagi oliy nerv markazlari orqali boshqariladi. Vegetativ nerv tolalari bosh va orqa miyadan chiqib, umurtqa pog'onasi va ichki a'zolarning atrofida joylashgan nerv tugunlariga boradi. Vegetativ nerv tizimi ikki qismga: simpatik va parasimpatik nerv tizimiga bo'linadi. Ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Simpatik nerv tizimi. Bu nerv tizimining markazlari orqa miyaning birinchi ko'krak segmentidan to uchinchi ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.29 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.29 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:48 ]
Arxiv ichida: doc