Yelka kamari muskullari

Yelka kamari muskullari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yelka kamari muskullari - rasmi

Material tavsifi

Yelka kamari muskullari Reja: Yelka muskullari Bilak muskullari Yuza qavat muskullari Chuqur qavat muskullari Yelka kamari muskullari (48, 49-rasmlar) yelka bo'g'imi atrofida joylashgan bo'lib, ko'krak va orqa muskullar ishtirokida yelka bo'g'imini harakatga keltiradi. Deltasimon muskul (m. deltoideus) uchburchak shaklida bo'lib, o'mrov suyagining tashqi (lateral) yarmidan, kurak suyagining qirrasi (spina scapulae) va asromion bilan tumshuqsimon o'siq (processus coracoideus) dan boshlanadi, yelka suyagi boshining ustini qoplab o'tib, suyakning deltasimon g'adir-buduri (tuberosiras deltoidea) ga yopishadi. Deltasimon muskul bilan tuberculum majus humeri orasida bursa subdeltoidea joylashgan. F u n k s i y a s i. Muskulning oldingi tutamlari qisqarsa, qo'lni old tomonga va yuqoriga tortadi, orqa tutamlari qisqarsa, qo'l orqaga va yuqoriga tortiladi. Muskulning o'rta tutamlari yoki hamma tutamlari bir vaqtda qisqarsa, tanadan qo'l uzoqlashib, yelka baravar ko'tariladi. Qo'lning bundan ham balandga ko'tarilishi kurak suyagining burilishi hisobiga bo'ladi. I n n e r v a t s i y a s i: n. axillaris (CV-VI) dan. Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa humeri posterior, a. thoraco asromialis. Kurak qirrasi usti muskuli (m. supraspinalis) kurak qirrasi ustidagi chuqurcha (fossa supraspinata) dan boshlanib, yelka suyagining katta do'mbog'iga yopishadi. Bu muskul qalin fascia supraspinata bilan qoplanadi. F u n k s i y a s i. Qo'lni tanadan uzoqlashtiradi. I n n e r v a t s i y a s i: n. suprascapularis (CV-VII) dan. Q o n t o m i r l a r i: a. circimflexa scapulare, a. suprascapularis. Kurak qirrasi osti muskuli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 120.14 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 120.14 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga