Analizatorlarning tuzilishi va ahamiyati

Analizatorlarning tuzilishi va ahamiyati

O'quvchilarga / Tibbiyot
Analizatorlarning tuzilishi va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Analizatorlarning tuzilishi va ahamiyati ma'ruzachi: b.f.n., dots. Rahmatullaev Yorqin Shokirovich O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARShI DAVLAT UNIVYeRSITYeTI 1. Analizatorlar haqida tushuncha 2. Eshitish va muvozanat analiza-torlarining tuzilishi 3.Ko'rish va teri analizatorining tuzilishi 4. Tam va hid bilish analizator-larining tuzilishi RYeJA Analizator - grekcha ἀνάλυσις - analysis so'zidan olingan bo'lib, tahlil qilish, sezish, sezgi kabi manolarni anglatadi. Organizm tashqi va ichki muhitdan keladigan turli xil ta'sirotlarni qabul qiladi hamda ularni tahlil etadi. Akademik I.P.Pavlov tabiri bilan aytganda birinchi va ikkinchi signal sistemasining asosini analizatorlar tashkil qiladi. Analizatorlar katta yarimsharlar po'stlog'ida joylashgan bo'lib, ularning periferik uchlari retseptorlar deb yuritiladi. Ular o'z navbatidaekstro-, intro- va proprioretseptorlarga bo'linadi. Analizatorlar haqida tushuncha Analizator qismlari Eshitish azosi bo'lgan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismga bo'lib o'rganiladi: tashqi, o'rta va ichki quloq. Eshitish va muvozanat analizatorlarining tuzilishi Tashqi quloq - quloq suprasi va tashqi eshitish yo'lidan iborat. Quloq suprasi elastik xususiyatga ega bo'lgan tog'aydan tashkil topgan, ustidan teri bilan qoplangan. Tashqi quloq yo'lining oxirida biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog'ora parda bo'lib, u tashqi quloq yo'lini o'rta quloq bo'shlig'idan ajratib turadi. Tashqi quloq yo'lini qoplab turuvchi terida juda ko'p mayda bezlar bo'lib, ulardan yog'simon suyuqlik ajraladi. Eshitish analizatorining qismlari O'rta quloq bo'shlig'i Yevstaxiy naychasi yordamida burun halqumiga tutashgan. O'rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolg'acha, sandoncha va uzangicha) tovush to'lqinlari ta'sirida nog'ora pardada hosil bo'lgan tebranishni ichki quloqqa o'tkazadi. Ichki quloq - bo'shliq va ilonizi kanalchalar tizimidan, yani suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.41 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.41 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga