Anatomiyani o'rganish usullari

Anatomiyani o'rganish usullari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Anatomiyani o'rganish usullari - rasmi

Material tavsifi

Anatomiyani o'rganish usullari Reja: Anatomiya fanining qisqacha tarixi A'zo va a'zolar sistemasi Odam anatomiyasining o'rganish usullarini bilmay turib anatomiyani bilish va u haqda yetarli ma'lumot olish mumkin emas. Odam anatomiyasini asosan murda ustida o'rganiladi. Lekin ayni vaqtda tibbiyot xodimlarining tirik odam bilan munosabatda bo'lishini ham e'tiborga olmoqlik darkor. Odam organizmi va a'zolarining tuzilishi, topografiyasi murda ustida o'rganilganda turli usullardan foydalaniladi. Tirik odamlarda esa mavjud bo'lgan texnika vositalaridan foydalangan holda fiziologik usullar qo'llanib o'rganiladi. Bular quyidagilar: 1. Antropometrik usulda gavdaning uzunligi, kengligi va og'irligi o'lchanadi, olingan ma'lumotlar organizmning ayrim bo'laklariga taqqoslanib, o'sishi yoki o'zgarishi kuzatib boriladi. 2. Kesib ochish yo'li bilan preparatlar (preparate) yasash usuli. 3. Arralash usulini birinchi marta N.I. Pirogov qo'llagan. U dastlab murdani qattiq, muzlatib, so'ngra o'rganish kerak bo'lgan organizm bo'lagini qavatma-qavat qilib arralagan. Bu usulda a'zolar topografiyasini aniqroq o'rganish mumkin. 4. In'eksiya usuli (injectio - lotincha quyaman) - ichi kavak a'zolarga, qon tomirlarga turli xil kimyoviy bo'yoqlar yuborib o'rganiladi. 5. Yoritish, ravshanlashtirish usuli. Buning uchun a'zoni birorta kislota yoki ishqor suyuqligiga solib kuzatiladi. Vaqt o'tishi bilan har xil to'qimalar nurlarning turlicha sinishi natijasida bir-biridan ajralib ko'rinadi 6. Korroziya yoki yemirish usuli - ichi bo'sh a'zolar ichi tez qotadigan modda bilan to'ldirilib, so'ngra uni turli kislota yoki ishqorlar suyuqligiga solinsa, a'zo to'qimalari yemiriladi va bo'shlig'iga yuborilgan modda a'zolar shaklini saqlab qoladi 7. Rentgen nuri yordamida o'rganish usuli. K. Rentgen nuri kashf etilgandan buyon (1895) qo'llaniladi. Bu usul tirik odam tuzilishini o'rganishga keng imkon beradi. Rentgen nurlari yordamida suyaklar tuzilishini, ayniqsa uning taraqiy etishini kuzatish mumkin. Ichi kavak a'zolar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.3 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.3 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga