Antropogenezning asosiy bosqichlari. Odam evolyutsiyasining xususiyatlari Reja: 1. Antropogenez jarayonining o'ziga xosligi. 2.Odam evolyutsiyasining biologik dalillari. 3.Odam evolyutsiyasining paleontologik dalillari. 4.Irklarni kelib chiqishi. Inson - organik olam evolyutsiyasining maxsuli. Odamni kelib chiqishi evolyutsiya nazariyasi kursida kuriladigan eng muhim masalalardan biridir. Malumki, hozirgi paytda Yer yuzida yashayotgan olti milliard inson aholisining barchasi bir biologik turga Homo Sariens (idrokli, aklli odam) turiga mansub. Bu Homo (odam) avlodining sunggi va yagona turi bo'lib, undan tashqari hozirgi paytda insonning boshqa turlari mavjud emas. Inson uzining ongi, tafakkuri, kator aqliy, mehnat va boshqa xususiyatlari bilan yer yuzidagi barcha turlardan farqlanar ekan, birinchi navbatda u boshqa jon-zotlardan tabiatga xukmdorligi bilan ajralib turadi. Bu masalada odam bilan teng kela oladigan jonivor topilmaydi. Yer yuzida o'zi yashaydigan atrof-muhitni uzgartiruvchi tur yuk. Barcha jonivorlar ichida fakat insongina tabiatni uzgartira oladigan kuchga aylandi. Bu hozirgi odam ajdodlarini inson darajasiga kutarilaolishga imkon yaratdi. Odam o'ziga xos biologik tur bo'lganligidan uning evolyutsiyasi boshqa jonzodlarning evolyutsiyalanishi kabi fakat biologik omillar ta'sirida bormasdan, boshqalardan farqli ularok ijtimoiy kuchlar vositasida davom ettirildi; boshqacha qilib aytganda hozirgi zamon odami biologik va ijtimoiy omillar ta'sirida evolyutsiyalandi. Inson evolyutsiyasining biologik omillar ta'sirida borganligini fandagi kator dalillar tasdiklaydi. Odamning morfo-anatomik tuzilishi, belgilari va xususiyatlari insonni hayvonot olamining vakillariga yaqinligini kursatadi. Ularga asoslangan holda, uni sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumi, tor burunli maymunlar guruhiga klassifikatsiyalash mumkin. uzoq o'tmishda xam odamni maymunsimon ajdodlardan kelib chikkanligi haqida fikrlar aytilgan. Lekin bu masalani fakat Ch.Darvin uzining «Odamning kelib chiqishi va jinsiy tanlash» nomli asarida (1871 y.) ilmiy asosda tushuntirib berdi. Uning ko'rsatishicha, inson ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.79 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.79 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:36 ]
Arxiv ichida: doc