Bosh miyaning tuzilishi Reja: Bosh miyaning tuzilishi, funksiyasi. Uzunchoq miya Varoliy ko'prigi O'rta miya Oraliq miya Miyacha Bosh miya yarim sharlari Bosh miyaning tuzilishi, funksiyasi. Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo'jizadir. Odamning bosh miyasi uning aql - idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta'sirini analiz - sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Tananing barcha to'qima va a'zolari faoliyatini bir - biriga bog'lab boshqaradi, organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta'minlab, uni muhit sharoitiga moslashtiradi. Bosh miya kalla suyagining ichida joylashgan bo'lib, massasi katta odamda 1020 - 1970 g gacha bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bosh miyaning massasi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi. Odamning aqliy faoliyati bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik xususiyatlari bilan bog'liq, Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshlikdagi tarbiyasi, bilim olishi, mashq qilishiga bog'liq. Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi va bosh miya yarim sharlari. Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliy ko'prigi (miya ko'prigi), o'rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi. Uzunchoq miya. Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi bo'lib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko'prigiga tutashgan. Uning uzunligi 3 - 3,5 sm, massasi o'rtacha 7 g bo'ladi. Uzunchoq miyaning tashqi qismi oq rangda bo'lib, unda nerv tolalari joylashgan, ichki qismi kulrang moddadan iborat bo'lib, unda nerv hujayralari bo'ladi. Uzunchoq miya reflektor va o'tkazuvchanlik funksiyalarini bajaradi. Reflektor funksiyasi shundan iboratki, unda nafas olish, yurak ishini boshqarish hamda ko'zni ochib - yumish, ko'z ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.8 MB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.8 MB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:18 ]
Arxiv ichida: doc