O'zbekiston RespublikaSI SOG'LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI Toshkent FARMATSEVTIKA INSTITUTI. Mavzu: ARITMIYaGA qarshi VOSITALAR Bajardi: 4 kurs 62 guruh Raximova F. Tekshirdi: Yusupova D.A Toshkent - 2015 ARITMIYaGA qarshi VOSITALAR Bu guruhga yurak kuzgalishi, o'tkazuvchi tizim va avtomatizmni tormozlaydigan, qo'shimcha kuzgalish uchogida patologik impulsning paydo bo'lishini kamaytiradigan preparatlar kiradi. Yurakning ritmik-to'g'ri, bir tekisda qisqarishining buzilishi- aritmiya holati yurakning uzida buladigan kasalliklarda va undan tashqaridagi har xil patologik o'zgarishlarda kuzatilishi mumkin. Yurakning ishemik kasalligida, miokard infarqtida, revmokardit,miokardit, kardioskleroz kasalliklarida va asab tizimining kasalliklarida, organizm intoksikatsiyasida, elektrolit almashinuvining buzilishida (K+ ionining yetishmasligi va Sa++ kupayishi) va boshqa xollarda aritmiyaning asosan ikki xili sodir bo'ladi (taxi va bradiaritmiya). Taxiaritmiya-ritmning tezlanishi bilan kechadigan xili. Bunga ekstrasistoliya, paroksizmal taxikardiya, xilpillash va boshqalar alomatlari bilan kechadigan aritmiya misol bo'lishi mumkin. Bulardan xavflisi xilpillash alomatlari bilan kechadigan aritmiya hisoblanadi. Chunki u ayrim xollarda yurakning tuxtab qolishiga olib keladi. Shuni kayd qilib utish kerakki, oxirgi vaqtda aritmiya kasalligiga chalingan bemorlarning soni anchagina oshdi. Bradiaritmiya esa yurak urishining sekinlashishi bilan davom etadi (bir dakikada 45-55 marta) va ritm juda sekinlashib kolsa, kollaps holatiga olib keladi. Aritmiya kasalligiga duchor bo'lgan bemorlarga davo qilishda antiaritmik preparatlardan foydalaniladi. Ularning asosiy farmakologik ta'siri yurak kuzgaluvchanligini pasaytirish, yurak avtomatizmini, o'tkazuvchi tizimlarini tormozlash bilan izoxlanadi. Antiaritmik preparatlarning bunday ta'siri kuprok miokardning patologik uzgargan joylaridan (ektopik yoki geterotrop) paydo buladigan qo'shimcha (aritmiyaga sababchi) impulslarga qaratilgandir. Ular sinus (Keyt-Flak) tuguncha avtomatizmiga kam kor qiladi. Atrioventrikulyar tuguncha va Giss boglamiga bo'lgan ta'siri ancha sezilarli . Antiaritmik preparatlarning ta'sir etish mexanizmi shundan iboratki, ular asosiy elektrolitlar-kationlarning hujayra pardasidan passiv ravishda utishini ...

Joylangan
22 May 2024 | 04:47:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
118.44 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:37
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 04:47 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
118.44 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:37 ]
Arxiv ichida: pdf