REJA 1. Permanganatometrik usul 2. Yodometrik usul 3. Bromatometrik usul 4. Yodatometrik usul 5. Nitritometrik usul 6. Bixromatometrik usul KIRISH Oksidlanish-qaytarilish usulida tahlil qilinuvchi modda bilan titrant orasidagi kimyoviy jarayon ma'lum bir yo'nalishda ketib, oxirigacha borishi va ekvivalent nuqtani aniq belgilay olish muhim ahamiyatga ega. Bu usulda ko'pincha oksidlanuvchi va qaytariluvchi xossaga ega bo'lgan indikatorlar - ferroin, difenilamin, metilen ko'ki, metil zarg'aldog'i va boshqalardan foydalaniladi. Tahlilni olib borish sharoiti, qo'llaniladigan titrantning turi, jarayonning borish tarziga ko'ra oksidlanish-qaytarilish usullari hilma-xil bo'lib, farmatsevtik tahlilda ulardan quyidagilari ko'proq qo'llaniladi: 1. Permanganatometrik usul 2. Yodometrik usul 3. Bromatometrik usul 4. Yodatometrik usul 5. Nitritometrik usul 6. Bixromatometrik usul 7. Serimetrik usul 1. Permanganatometrik usul Titrant sifatida 0,1 moll kaliy permanganatdan foydalanilib, tahlil sulfat kislotali sharoitda olib boriladi. Permanganatometrik bevosita titrlash usulida titrantning o'zi indikator vazifasini bajarsa, qayta titrlash usulida ajralib chiqqan yod titrlanganligi uchun tahlil kraxmal ishtirokida yoki indikatorsiz amalga oshiriladi. Kislotali sharoit hosil qilish uchun xlorid kislotasi ishlatilmaydi, chunki Cl- kaliy permanganat ta'sirida oksidlanadi. Nitrat kislotasi ham olinmaydi, chunki kuchli oksidlovchi bo'lganligi sababli oksidlanish-qaytarilish jarayonida ishtirok etishi mumkin. Aniqlash quyidagi jarayon bo'yicha ketadi: Normal oksidlanish-qaytarilish potensiali E0 Mn0 -Mn2+ = 1,5 v bo'lib, bu 4 usul yordamida qaytaruvchi va kuchsiz oksidlovchi xossasiga ega bo'lgan dori moddalarning miqdorini aniqlash mumkin. Vodorod peroksid eritmasining miqdorini aniqlash Aniqlash tartibi: 100 ml hajmli o'lchov kolbasiga 10 ml 3% li vodorod peroksid eritmasidan solib, suv bilan belgisigacha suyultiriladi. Eritmadan 10 ml iga 5 ml suyultirilgan sulfat kislota qo'shib, 0,1 moll kaliy permanganat bilan och-qizil rang hosil bo'lguniga qadar ...

Joylangan
22 May 2024 | 18:11:05
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
619.94 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:24
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 18:11 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
619.94 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:24 ]
Arxiv ichida: pdf