Dori vositalari miqdoriy tahlilning fizikaviy va kimyoviy usullari

Dori vositalari miqdoriy tahlilning fizikaviy va kimyoviy usullari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Dori vositalari miqdoriy tahlilning fizikaviy va kimyoviy usullari - rasmi

Material tavsifi

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ВАЗИРЛИГИ ТОШКЕНТ ФАРМАЦЕВТИКА ИНСТИТУТИ РЕФЕРАТ Mavzu: DORI VOSITALARI MIQDORIY TAHLILINING FIZIKAVIY VA FIZIK - KIMYOVIY USULLARI Бажарди: Бакиров Ё. Текширди: Шамсиев Ш.Ш. Тошкент-2015 1 DORI VOSITALARI MIQDORIY TAHLILINING FIZIKAVIY VA FIZIK - KIMYOVIY USULLARI 1. POTENSIOMETRIK TITRLASH USULI Potensiometrik titrlash - neytrallash, cho'kma va kompleks hosil qilish, oksidlanish-qaytarilish va boshqa usullar yordamida bajariladigan miqdoriy tahlilda ekvivalent nuqtani aniqlash uchun qo'llaniladi. Rangli va loyqa eritmalarini titrlash uchun ham ushbu usuldan foydalanish mumkin. Bu usulda titrlash jarayondagi alohida tanlangan elektrod juftligida hosil bo'ladigan elektr yurituvchi kuchini (EYK) o'lchash orqali titrantni ekvivalent hajmi aniqlanadi. Elektrod juftligi taqqoslash elektrodi va indikator elektroddan iborat. Indikator elektrod potensiali titrlash jarayonida faol qatnashuvchi yoki hosil bo'luvchi ionlar konsentratsiyasi bilan bog'liq bo'lib, taqqoslash elektrodining potensiali doimiy qiymatini saqlab qoladi. Titrlanganda elektrod juftligi odatda tekshiriluvchi eritmaga tushiriladi. Taqqoslash elektrodidan diffundirlanayotgan ionlar titrlash jarayoniga to'sqinlik qilsa, taqqoslash elektrodi va tekshiriluvchi eritma elektrolitik ko'prik orqali tutashtiriladi. Ushbu elektrolitik ko'prik ionlari to'sqinlik qilmaydigan elektrolit eritmasi bilan to'ldirilgan P-shakldagi naycha ko'rinishda bo'ladi (9-rasm). 9-rasm. Potensiometrik titrlash usulida ekvivalent nustani aniqlash. 2 Suvsiz sharoitda potensiometrik titrlash usulida elektrolitik ko'prik yoki taqqoslash elektrodi kaliy yoki litiy xloridni tegishli suvsiz erituvchidagi eritmalari bilan to'ldiriladi. Tahlil davomida titrlangan eritmani byuretkadan bir xil miqdorda aralashtirib turilgan holda qo'shiladi. Ekvivalent nuqtaga yaqinlashganda titrantni 0,1 ml yoki 0,05 ml dan qo'shilib, har gal EYK o'lchanadi. Indikatorli elektrod va taqqoslash elektrodi orasidagi potensiallar farqidan paydo bo'ladigan EYK yuqori omli potensiometr yordamida(pH- metr bilan) o'lchanadi. Ekvivalent nuqtaga yaqinlashgan sari EYK qiymati keskin o'zgarib, EYK o'zgarishi (ΔE) titrlovchi miqdorining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 1012.98 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 1012.98 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga