Dorivor gulxayri o'simligini ekib o'stirish

Dorivor gulxayri o'simligini ekib o'stirish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Dorivor gulxayri o'simligini ekib o'stirish - rasmi

Material tavsifi

Toshkent farmatsevtika instituti Farmakognoziya kafedrasi MAVZU: DORIVOR GULHAYRI (ALTHAEA OFFICI- NALIC L.) O'SIMLIGINI EKIB O'STIRISh Toshkent - 2014 Mavzu: Dorivor gulhayri (Althaea officinalic L.) o'simligini ekib o'stirish Abdullaeva N. 5 kurs, 31 guruh, kasb ta'lim yo'nalishi 1. Kirish Tabiatda turlari kamayib borayotgan, dorivor xususiyatga ega bo'lgan o'simliklarni asrash, ularni madaniylashtirish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Dorivor gulhayri ildizining preparatlari o'rab oluvchi, balg'am ko'chiruvchi hamda yallig'lanishga qarshi (ayniqsa, bolalarning nafas yo'llari kasallanganda) dori sifatida ishlatiladi. 2. Izlanishni maqsadi va vazifalari Shu boisdan o'simlikni ekib o'stirish, ular ustida fenologik kuzatishlar olib borish, biologiyasini va dorivorlik xususiyatlarini o'rganishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik. Tadqiqot davomida quyidagi vazifalar bajarildi: - Dorivor gulhayri o'simligini morfologik, biologik va dorivorlik xususiyatlari ko'rsatilgan adabiy manbalarni o'rganish. - urug'larni xona va dala sharoitida unuvchanligini o'rganish - o'simlikni ekib o'stirish va ular ustida fenologik kuzatishlar olib borish. 3. Botanik ta'rif Dorivor gulhayri - Althaea officinalis L., gulhayridoshlar - Malvaceae oilasiga kiradi. Gulhayri ko'p yillik, bo'yi 150-160 sm bo'ladigan o't o'simlik. Ildizpoyasi kalta, yo'g'on, ko'p boshli. O'q ildizi 50 sm uzunlikda bo'lib, yuqori qismi yog'ochlangan bo'ladi. Poyasi - bitta yoki bir nechta, tik o'suvchi, silindrsimon, kam shoxli, pastki qismi yog'ochlangan. Bargi oddiy bo'lib, bandi bilan poyada ketma-ket joylashgan, poyaning yuqori qismdagilari butun, tuxumsimon, o'rta va pastkilari esa uch yoki besh bo'lakli, qo'shimcha bargi mayda, ingichka, lantsetsimon yoki chiziqsimon. Barg plastinkasi o'tkir uchli va tishsimon qirrali bo'ladi. Poya, shox va bargi sertuk bo'lganidan kulrang-yashil tusda ko'rinadi. Gullari barg qo'ltig'iga, poya va shoxlari uchiga joylashgan bo'ladi. Gulkosachasi ikki qavatli. Pastki kosacha 8-12 bo'lakka ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 109.98 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 109.98 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga