Gripp Abidova Zarina 112 guruh I pediatriya Gripp - bu Internet va OAV (Ommaviy Axbotor Vositari)dagi eng ko'p muhokama etiladigan mavzulardan biridir. Nomigina o'zgaradi xolos. Boshida parranda , keyin cho'chqa grippi. Keling avval , gripp nima ekanligini aniqlab olaylik. Gripp - bu virus. Virusning o'zi nima? Virus - bu organik materiyaning yashash (hayot kechirish) shakli. Va shu bilan birga eng ko'p tarqalganlardan biridir. Vikipediyada keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra : Okeanda viruslarni yuz minglab turi yashashadi, shulardan asosiy ko'pchiligi ta'riflanilmagan va ayniqsa o'rganilmagan. Viruslar, tirik organizmlarning ko'payish jarayonida muhim ro'l o'ynaydi. Gripp nafas yo'llarining o'tkir infeksion kasalligi bo'lib, gripp virusi orqali kelib chiqadi. O'tkir respirator virusli infeksiya guruhiga kiradi (O'RVI). Vaqti- vaqti bilan emidemiya ko'rinishida tarqaladi. Hozirgi paytgacha virusli grippning o'zaro farq qiluvchi, 200 dan ziyod turi (varianti) aniqlangan. Gripp virusi yumaloq shaklda bo'lib, diametri 80-120 nm ga teng, markazda oqsil qobiqli RNK (РНК) - parchalari mavjud, qobiq yuzasida gemagglyutinin (H) (гемагглютинин) va neyraminidaza (N) (нейраминидаза) lardan tashkil topgan mayda kiprikchalar bilan qoplangan. Gemagglyutinin ga (H) (гемагглютинин) javoban ishlab chiqariladigan antitelalar, immunitetning ma'lum bir qo'zg'atuvchiga qarshi turadigan asosini tashkil etadi. Virus va gripp tushunchalari nima ekanligini bilib oldik, endi esa cho'chqa grippini aniqlasak Grippning bu turi ilk bor cho'chqalarda, keyinchalik mutatsiyalanib parranda va odamlar orasida tarqala boshladi. Cho'chqa grippining birinchi ommaviy tarqalashi 2009-yilning aprel-may oylarida Meksika va AQSH da kuzatildi. Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti cho'chqa grippining odamdan-odamga yuqish xavfi borligidan xovotirga tushdi. Shuni bilish zarurki, cho'chqa grippining birinchi belgilari oddiy grippning belgilariga o'xshash. ...

Joylangan
22 May 2024 | 18:11:05
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
2.85 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:58
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 18:11 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
2.85 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:58 ]
Arxiv ichida: pdf