O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti RYeFYeRAT Mavzu: O'PKANING O'TKIR VA SURUNKALI YIRINGLI DYeSTRUKTIV KASALLIKLARI Bajardi: Mamanazarova Z. Samarqand 2017 yil 1 O'PKANING O'TKIR VA SURUNKALI YIRINGLI DYeSTRUKTIV KASALLIKLARI O'pka kasalliklari diagnostikasi avvalam bor bemorlarning shikoyatlari, anamnez va organizmni fizikal tekshirish usulariga asoslanadi. O'pkasi kasallangan bemorlarning ko'pincha quyidagilar bezovta qiladi: bu balg'amli yoki balg'amsiz yo'tal, tana haroratining ko'tarilishi, ko'krak qafasidagi og'riqlar, qonli yo'tal, xansirashlardir. Anamnez yig'ganda etiborni kasallikning boshlanishi va rivojlanishi, yani kasallikning boshlanishi sovuq qotish, infeksion kasallangan bemorlar bilan yoki travmalar bilan bog'liqligini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek mehnat sharoiti, turli hayvonlar bilan aloqasi, yomon odatlar mavjudligini aniqlash lozim. Qo'llaniladigan fizikal tekshiruvlarga: ko'rik, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiyalar kiradi. Bular organizmdagi anatomo-funksional o'zgarishlarni tasavvur qilishga va ko'pincha bemorlarning ahvolini dinamikada va davolash jarayonida baholashning asosiy usullaridan bo'lib qoladi. Balg'amni tekshirish uning fizik xossalarini o'rganish, bakterioskopiya va bakteriologik ekishlardan iboratdir. O'pkasi kasallangan bemorlarda rentgenologik tekshiruvlar ko'proq aniq diagnoz qo'yish imqonini beradi. Tomografiya - bu qatma-qat tasvir olishdan iborat bo'lib, bunda segment va subsegment bronxlardagi o'zgarishlar, limfa tugunlaridagi o'zgarishlar, o'pkadagi mayda destruktiv parchalanish, mayda bullani va kistani, o'choqli soyalarni ko'rish mumkin. Kompyuterli tomografiya - O'pkadagi o'choqning aniq chegarasini, o'lchamini aniqlaydi, uning zichligini baholashga sharoit tug'dirib beradi. Bronxoektatik kasalligining gumonida, uning shikastlanish darajasini va xarakterini aniqlashda, o'pkadagi yiringli destruktiv jarayonning aniqroq xajmini aniqlashda, surunkali o'pka yiringli kasalligi va markaziy o'pka orasida differensial diagnostika o'tkazish maqsadida brongxografiya tavsiya etiladi. Angiopulmonografiya - O'pka arteriyasini kateterlashdan iborat bo'lib, bu tomirga rentgenokontrast modda yuborib qilinadigan tasvirdir. Bu muolaja o'pkaning tug'ma kasalliklarida, o'pka tomirlaridagi patologik jarayonlarda, ...

Joylangan
22 May 2024 | 18:11:05
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
840.91 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:54
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 18:11 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
840.91 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:54 ]
Arxiv ichida: pdf