SAMARKAND DAVLAT TIBBIYoT INSTITUTI 1-Ichki kasalliklar, ftiziatriya va ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi Referat Mavzu: O'PKANING TARQOQ SILI Bajardi: 6 kurs df. Nurullaev F. O'pkaning tarqoq sili Tarqoq sil mikobakteriyalarning gematogen, limfogen yoki limfogematogen sochilishi va bir talay sil o'choqlarini paydo bo'lishi natijasida paydo bo'ladi. Tarqoq silning klinik-morfologik o'ziga xosligi a'zolarni va to'qimalarni sil o'choqlari bilan ko'plab shikastlanishi bilan namoyon bo'ladi. Tarqoq silning shikastlanishning tarqalganligiga qarab asosan uchta varianti ajratiladi: - Generallashgan; - O'pka shikastlanishi ustunligi bilan; - Boshqa a'zolar shikastlanishi ustunligi bilan. Tarqoq silning generallashgan varianti nisbatan kam uchraydi. Bir muncha ko'p, o'rtacha 90% bemorlarda, tarqoq silning o'pka shikastlanishi ustunlik qiladigan varianti rivojlanadi. Birinchi marta sil aniqlanayotgan bemorlarning 5% da o'pkaning tarqoq sili diagnozi qo'yiladi. Silga qarshi dispanser hisobida turadigan kasallar orasida silning bu shakli 12% ni tashkil qiladi. Sildan o'layotganlarda, tarqoq sil 3% kasallarda o'lim sababi bo'ladi. Patogenezi va patologik anatomiyasi. Tarqoq sil, sil infeksiyasining birlamchi darvi bilan mustahkam patogenetik aloqaga ega. U birlamchi silning asoratli kechganda, kuchli yallig'lanish reaksiyasi va jarayonning erta tarqalishi natijasida rivojlanishi mumkin. Ammo, ko'pincha birlamchi tuberkuyozning klinik sog'ayish davridan va sildan keyingi qoldiq o'zgarishlar - Gon o'chog'i vayoki kaltsinatlar shakllangandan bir necha yil keyin tarqoq sil yuzaga keladi. Tarqoq silda mikobakteriyaning tarqalishiga sil infeksiyasining birlamchi davrida qaytar rivojlanish jarayoni shakllanadigan ko'krak ichi limfa tugunlaridagi infeksiyaning qoldiq o'choqlari asosiy manba bo'ladi. Bazida o'pkadagi yoki boshqa a'zolardagi qotishgan birlamchi o'choq SMB ni tarqalish manbaii bo'ladi. Organizmga SMBning sochilishi har-xil yo'llar bilan kelib chiqadi, ko'pincha tarqalish qon oqimi orqali bo'ladi. Sildagi barcha tarqalgan shikastlanishning o'rtacha 90% ni ...

Joylangan
22 May 2024 | 18:11:05
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
445.03 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:54
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 18:11 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
445.03 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:54 ]
Arxiv ichida: pdf