O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti RYeFYeRAT Mavzu: O'TKIR PANKRYeATIT Bajardi: Nuriddinov Sh. Samarqand 2017 yil O'TKIR PANKRYeATIT Pankreas 12 barmoqli ichak «taqasi» bilan taloq (lien) orasida ko'ndalang joylashgan bo'lib, uzunligi 10-23 smgacha (o'rtacha 16-17 sm), eni 3-9 sm (o'rtacha 5-6 sm), qalinligi 2-3 sm, vazni 70-80 gramm. Qorin parda orqasida (retroperitoneal) L umurtqalarning tanasini qoplab turadi. 1-2 Pankreasning qon bilan ta'minlanishi a.a.pancreaticoduodenalissup. et inf. (bosh qismini ta'minlaydi), a.mesenterica sup. (tana qismini ta'minlaydi) va a.lienalis (dum qismini ta'minlaydi) hisobiga bo'ladi va bez qon bilan yaxshi ta'minlaydi. Venalarning yig'indisi v.portae ga qo'shiladi (3-7 tomir). Limfa tomirlari - to'g'ridan-to'g'ri ductus thoraticus ga va yuzaki limfa tomirlari esa diafragma orqali ko'krak ko'ksi oralig'idagi limfa tugunlari bilan bog'langan. Shu sababdan giperfermentemiya davrida chap yoqlama reaktiv (fermentativ) plevrit ko'p uchraydi. Limfa tugunlari orqali pankreas fermentlarini qonga o'tishi «fermentlarni og'ishi» sindromini chaqiradi (hamma organlarni faoliyatini buzadi). Pankreas sintopiyasi. Qorinning old devoriga pankreasning proyeksiyasi - kindik bilan xanjarsimon o'simta orasidagi masofaning o'rtasiga tug'ri keladi. Pankreasning bosh qismi Shaffar uchburchagiga yoki Dejardin nuqtasiga (o'ng qo'ltiq chuquri o'rtasidan kindikkacha o'tkazilgan chiziq bo'ylab kindikdan 6 sm yuqorida) to'g'ri keladi. Pankreasning 13 qismi o'rta 2 chiziqdan o'ng tomonda, 23 qismi esa chap tomonda joylashgan. Pankreasning fiziologiyasi. Pankreasning har bir bo'lakchasi - atsinusi «uzluksiz» fermentlar va gormonlar ishlab chiqaradi. Bezning umumiy massasining 20%i fermentlardan tashkil topgan. Sutkasiga 1,5-2 litr chamasi, asosan oqsil moddadan iborat shira ishlab chiqaradi va unda 20ga yaqin fermentlar Virsungov yo'li bilan 12 barmoqli ichakka tushadi, ovqatni hazm qilishda faol qatnashadi. Bu fermentlar 3 guruhga bo'linadi ...

Joylangan
22 May 2024 | 18:11:05
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
944.72 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:00
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 18:11 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
944.72 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:00 ]
Arxiv ichida: pdf