Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Mavzu: qizamiq, Qizilcha, Suvchechak Bajardi: o'qit. Eshmurodova S. Navoiy-2008 Qizamiq, Qizilcha, Suvchechak Reja: 1.Kizamik kasalligi yo'qish yo'li. 2. Kizamik kasalligining klinik belgilari. 3.Davolash va oldini olish choralari. 4. Suvchechak uni bolalar orasida tarqalishi. 5.Suvchechakning klinik belgilari. 6.Kizilcha kasalligi epidemiologiyasi. 7. Kizilchaning klinik belgilari. QIZAMIQ Umumiy intoksikatsiya, nafas yo'llari, ko'z, og'iz shilliq qavatlarning yallig'lanishi va terida dog'li toshma toshishi bilan kechadigan g'oyat yuqumli kasallik odamlar orasida ko'p uchraydi, lekin yoshi, irqi, yashash joyi va ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar hammada uchraydi. Etiologiyasi - qo'zg'atuvchisi - virus tashqi muhit ta'siriga chidamsiz, lekin past temperaturaga chidamli, antibio-tiklar ta'sir etmaydi, interferon ta'sirida tez nobud bo'ladi. Infeksiya manbai bemor odam hisoblanadi. Sog'lom organizmiga virus nafas yo'llari orqali tushadi, yani havo-tomchi bilan tarqaladi. Klinikasi - qizamiq kechishida davriylik yaqqol seziladi. hastalik kechishi 4 davrga bo'linadi. Yashirin, prodromal davri, toshma toshishi va yo'qolish davrlari. Yashirin davri o'rta hisobda 9-11 kun, bazan 3-4 haftagacha boradi. Bu davrda qisqa muddatli harorat ko'tarilishi, tumov alomatlari, ishtaha yuqolishi va serxarxashalik alomatlari bo'lishi mumkin. Prodroma davrida kasallikka xos alomatlar paydo bo'ladi. Tana harorati ko'tariladi, bola lanj bo'ladi, ko'p yig'laydi, ishtahasi yo'qoladi, uyqusi buziladi, burun bo'shlig'i, nafas yo'llari, ko'z va og'iz shilliq pardasida kataral yallig'lanishi ro'y beradi, quv-quv yo'tal paydo bo'ladi, ovoz bug'ilib qoladi. Ko'z konyuktivasi yallig'lanadi, qizaradi, tomirlari kengayadi, yosh oqib turadi, bemor yorug'likka qaray olmaydi. 1-2 kundan keyin ko'z va burundan oqayotgan suyuqlik yiring aralash bo'ladi. Bemorning yuz-ko'zi, burun va lablari kerikadi. prodromaning 2-3 kunida og'izda, lunj shilliq qavatida mayda rangli, nuqtasimon biroz bo'rtib turadigan toshmalar paydo ...

Joylangan
22 May 2024 | 18:11:05
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
27.43 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:43
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 18:11 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
27.43 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:43 ]
Arxiv ichida: pdf