Qizilo'ngach topagrafo-anatomiyasi va fiziologiyasi

Qizilo'ngach topagrafo-anatomiyasi va fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qizilo'ngach topagrafo-anatomiyasi va fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti RYeFYeRAT Mavzu: Qizilo'ngach topagrafo-anatomiyasi va fiziologiyasi Bajardi: Tursunkulova M. Samarqand 2017 yil 1 Qizilo'ngach topagrafo-anatomiyasi va fiziologiyasi. Qizilo'ngach (oesophagus) - halqumni me'daning kardial qismi bilan tutashtirib turadigan kovak azo bo'lib, balog'at yoshidagi odamda uning uzunligi 24-29 sm ni tashkil etadi. Qizilo'ngach devorining qalinligi o'rta hisobda 3-4 mm atrofida bo'lib, uzuksimon tog'ayning pastki cheti, VI bo'yin umurtqasi sohasidan boshlanadi va uning pastki qismi (2-4 sm) qorin bo'shlig'ida joylashgan bo'ladi. 1-rasm Quyidagi ma'lumotlar amaliy ahamiyatga ega: qizilo'ngachda uchta torayma bo'lib, yuqorigisi qizilo'ngachning kirish qismida yuqori qoziq tishlar oldingi chetidan taxminan 14-15 sm masofada, o'rta torayma aorta ravog'i va chap bosh bronx sohasida va pastkisi diafragma bilan kesishgan joyida bo'ladi. Qizilo'ngach anatomik jihatdan uch qismga bo'linadi: bo'yin qismi (pars cervicalis) (boshlanishdan orqa ko'ks oralig'igacha kirish qismigacha - 5-6 sm), ko'krak qismi (pars thoracalis) - ko'krak qafasidan diafragmagacha - taxminan 17 sm) va qorin qismi (pars abdominalis) - diafragmadan chiqishdan me'daning kardial qismi bilan tutashguncha - 2-4 sm). Qizilo'ngach o'z yo'lida qator a'zolar bilan duch keladi yoki ularga anatomik jihatdan yaqin, qizilo'ngachning oldingi tomonida yuqorida traxeya turadi. Traxeya bifurkatsiyasi sathida qizilo'ngachni chap bronx kesib o'tadi. Pastroqda esa, perikard bilan ajratilgan o'ng bo'lmaning orqa yuzasi joylashadi. 2 Diafragmal teshik orqali o'tishning oxirida, endi qorin pardasi bilan qoplangan qizilo'gach jigarning chap bo'lagiga tegib turadi. Qizilo'ngach orqasida umurtqa pog'onasining bo'yin qismi va birinchi ko'krak umurtqalari joylashadi. Th10 yordamida u ko'krak yo'li (ductus thoracicus) ni kesib o'tadi va umurtqa pog'onasidan uzoqlashadi, qizilo'ngach orqasida ichkarida o'ng tomonda toq vena (v. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 630.74 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:44 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 630.74 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga