Qorin churralari asoratlari

Qorin churralari asoratlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qorin churralari asoratlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI O'zbekiston RespublikaSI SOG'LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT TIBBIYoT INSTITUTI RYeFYeRAT Mavzu: Qorin churralari asoratlari Kucharov M. 2017 yil QORIN ChURRALARI ASORATLARI Qorin churralari asoratlari - yalliglanish, churrani joyiga kiritib bo'lmaslik, koprostaz, qisilish. Churralarning o'tkir asoratlari. Bularga: churrada najas turib qolishi (koprostaz), churra ichidagi a'zolar yalliglanishi va churra qisilishi kiradi. Koprostaz asosan yoshi ulg'aygan odamlarda, aksariyat ayollarda sodir bo'ladi. Bunda odatda churraning o'zida ham, butun qorin bo'ylab ham og'riq nisbatan kam bo'lgani holda churra bo'rtmasining xajmi kattalashadi. Keyinchalik qorinda og'riq paydo bo'ladi, loxaslik va intoksikatsiya, kekirish, ko'ngil aynishi, qusish paydo bo'ladi. Churrada axlat turib qolganda dastlabki yordamning asosiy vazifasi qorin pressining peristaltikasini kuchaytirishga yordam berish va shu tariqa najas turib qolishiiga barham berish uchun churra ichidagini qorin bo'shlig'iga repozitsiya qilish (o'tkazish) hisoblanadi. Churra bo'rtmasini massaj qilish yoki oz-moz bosib turadigan bog'lam bog'lash malum darajada yordam beradi. Churra bo'rtmasiga muz solingan xaltacha qo'yish yoki bo'rtgan joy terisiga xloretil oqimini ta'sir ettirish shu maqsad uchun xizmat qiladi. Ular ta'siri ostida ichaklarning qonga to'liqligi kamayadi, ularda qisqa vaqtga spazm vujudga keladi, ichak repozitsiyaga oson beriladi, uning peristaltikasi kuchayadi. Churraning o'tkir yallig'lanishi. Churraning o'tkir yallig'lanishi kamroq uchraydi. Ichak devori sohasi churrani yallig'lantiradigan manba hisoblanadi. Bunda churrada, ko'pincha gipogastral sohasida o'rtacha og'riq sezgilari, Qorinning chuqur joylashgan qismida to'liqlik hissi paydo bo'ladi, qorin devori zonasi taranglashishi ehtimol. Bunday yallig'lanishlarni davolash ularning ichidagi narsani qorin bo'shlig'iga albatta repozitsiya qilish, keyin o'rinda yotish rejimini saqlash, ichak va qovuq funksiyasi ustida nazorat qilishdan iborat. Bunda churraning qisilishiga yo'l qo'ymaslik uchun churra holatini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 227.69 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:48 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 227.69 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga