Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни Сақлаш Вазирлиги Самарқанд Давлат Тиббиёт Институти РЕФЕРАТ Мавзу: QORIN DEVORINING XIRURGIK ANATOMIYASI Бажарди: Eshtemirov T. Самарқанд 2017 йил QORIN DEVORINING XIRURGIK ANATOMIYASI. Qorin bo'shlig'i (cavum abdominalis)- qorin bo'shlig'i ichki fassiyasi (f.endoabdominalis) bilan chegaralangan bo'lib, qorin bo'shlig'i va qorinparda orqa bo'shlig'iga bo'linadi. qorin bo'shlig'ining yuqorigi devorini diafragma, old va yonbosh tomonidan qorinning old devori mushaklari qatlami, orqadan umurtqa pog'onasi, bel mushaklari qatlami tashkil qiladi. Qorin bo'shlig'i pastki tomondan erkin holda chanoq bo'shlig'iga o'tib, ular orasidagi chegara shartlidir. Diafragma mushaklarining taranglashishidan hosil bo'ladigan bosim nafas olishda, qon aylanishini ta'minlashda, ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'ida bosim hosil qilishda, oshqozon-ichak tizimi harakati faoliyatini ta'minlashda muhim o'ringa ega. Qorinning oldingi yonbosh devori. Yuqoridan - xanjarsimon o'simta va qovurg'a yoylari, o'ng va chap tomondan - orqa qo'ltiq osti chizig'i (lin.axillaris posterior), pastdan - qovuq suyaklarining simfizi, chov burmalari, yonbosh suyagi tojlari to orqa qo'ltiq osti chizig'igacha chegaralanadi. Qorinning old - yonbosh devorini bir nechta viloyatlarga bo'lish maqsadga muvofiqdir,chunki churralarning aniq topik diagnozini va ularning hajmini aniqlashda muhim ahamiyati bor.Shartli ravishda qorinning old devoridan ikkita gorizontal chiziq o'tkaziladi: yuqoridan qovurg'a yoylarini birlashtiruvchi - lin.bicostalis, pastdan - yonbosh suyaklar o'simtalarini birlashtiruvchi - lin.bispinalis. Ana shu chiziqlar qorinning old yonbosh devorini uch qavatga bo'ladi. Birinchi yuqorigi qavat - epigastrium, o'rta - mesogastrium, va pastki - hipogastrium deb nomlanadi. Qorinning to'gri mushaklari qirrasidan vertikal holda o'tkaziladigan ikkita chiziq yuqoridagi bo'limlarni yana uchta viloyatga bo'ladi. Shunday qilib, yuqorigi qavatda haqiqiy epigastral (regio epigastrica propria), o'ng va chap qovurg'a osti viloyatlariga bo'linadi. Qorinning o'rta qismi - kindik (regio umbilicalis), ...

Joylangan
22 May 2024 | 18:11:05
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
719.51 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:49
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 18:11 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
719.51 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:49 ]
Arxiv ichida: pdf