Aminokislota va organik kislotalar ishlab chiqarish

Aminokislota va organik kislotalar ishlab chiqarish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Aminokislota va organik kislotalar ishlab chiqarish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI Toshkent KIMYo-TYeXNOLOGIYa INSTITUTI OZIQ-OVQAT mahsulotLARI TYeXNOLOGIYaSI fakultetI BIOTYeXNOLOGIYa kafedraSI BIOTYeXNOLOGIYa ASOSLARI FANIDAN RYeFYeRAT MAVZU: AMINOKISLOTA VA ORGANIK KISLOTALAR IShLAB ChIQARISh Bajardi: Maksudova M. Tekshirdi: N.A.Xo'jamshukurov Toshkent-2013 Reja: 1. Aminokislotlar; 2. Lizin va glutamin kislota ishlab chiqarish; 3. Organik kislotalar olish; 4. Sirka kislota ishlab chiqarish; 5. Sut kislota ishlab chiqarish. AMINOKISLOTALAR IShLAB chiqarish Keyingi yillarda xalq xo'jaligi va meditsinada turli xil aminokislotalar keng miqyosda qo'llanilmoqda. Asosan ular oqsilli oziqalarning to'yimliligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bazi bir oziq ovqat va ozuqa mahsulotlari o'zida almashinmaydigan aminokislotalarni xususan, lizinni etarli miqdorda saqlamaydi. Bunday mahsulotlarga makkajo'xori, bug'doy, guruch va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Sanoat asosida olingan aminokislotalar oziqa to'yimliligini oshirish uchun toza usulda yoki kombinirlangan oziqa tarkibida qo'llaniladi. Shuning uchun aminokislotalardan foydalanish sohalarida oziqaning o'simlik oqsillari saqlashini oshirish imkoniyati vujudga keladi. sun'iy aminokislotalarni qo'llash tabiiy oziqalar sarfini iqtisod qilishga olib kelishining ilmiy asoslari isbotlab berilgan. Aminokislotalarni qishloq xo'jaligida hayvonlar oziqaida qo'llashdan tashqari oziq ovqat sanoatida ham keng foydalanish mumkin. Ular qator polimer xom-ashyolar tayyorlashda masalan, sintetik teri, qator maxsus tolalar va oziq ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun plyonkalar tayyorlashda foydalaniladi. Bazi bir aminokislotalar yoki ularni ishlab chiqaruvchilarining insektitsid ta'siri o'rganilgan. Metionin yoki γ- aminomoy kislota dorivor vositalar sifatida keng qo'llaniladi. Aminokislotalardan xalq xo'jaligining turli sohalarida keng foydalanilishini Yaponiya mamlakati misolida yaqqol ko'rish mumkin. Yaponiyada butun mamlakat bo'yicha ishlab chiqariladigan aminokislotalrning 65% i oziq ovqat ishlab chiqarish sonoatida, 18% ini chorvachilikda, 15% ini meditsinada va 2% i turli xil sohalarda qo'llaniladi. Ayni vaqtda jahon miqyosida aminokislotalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 593.36 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:31 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 593.36 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga