ANEMIK SINDROM Muallif:Ass. Egamova S.Q. Kamqonlikka yoki anemik sindromga olib keladigan kasalliklar: 1.Temir tanqislik anemiyasi 2.Vitamin V 12 tanqislik anemiyasi 3.Folat kislota tanqislik anemiyasi 4.Gipo va aplastik anemiya 5.Gemolitik anemiya 6.O'tkir leykozdan keyingi anemik sindrom 7.Surunkali limfoleykozdan keyingi anemik sindrom 8.Surunkali mieloleykozdan keyingi anemik sindrom 9.Surunkali yalliglanishlardan keyingi anemik sindrom 10.Onkologik kasalliklardan keyingi anemik sindrom 11.Jigar stirrozidan keyingi anemik sindrom Temir tanqislik anemiyasi (TTA) Organizmda temir yetishmasligi yoki turli sabablarga ko'ra uning qon tarkibiga kira olmasligi natijasida qon yaratuvchi to'qimalarda gemoglobin sintez qilinishining buzilishi bilan bog'lik, eritrotsitlar va gemoglobin miqdorining keskin kamayishi tufayli gipoksemiya bilan xarakterlanadigan kasallik. Temir tanqislik anemiyasida 2 ta sindrom uchraydi. 1.Anemik sindrom. 2.Sideropenik sindrom. Anemik sindrom belgilari - bosh aylanishi, birdan o'rnidan to'rganida kuz oldi tinishi, yengil jismoniy harakatlarda xansirash, yengil jismoniy harakatlarda yurak tez urishi, yurak sohasida og'riqlar paydo bo'lishi, yurak xastaligi mavjud blugan kishilarda yurak sohasida bo'ladigan og'riqlar yoki xurujning kuchayishi, bosh og'riqlar, umumiy quvvatsizlik. Bu belgilar organizmda kislorod yetishmasligi natijasida kelib chikadigan simptomatika. Bu simptomatika barcha kamqonliklarda kuzatiladi. Sideropenik sindrom belgilari - terining quruqlashishi, soch tuqilishi, soch yorilishi, tirnoklarning yo'pkalashishi, tirnokda chiziqlar paydo bo'lishi, tirnoklar sinuvchanligining oshishi, ayrim paytda tirnoklar ichkariga botib kirishi (koylonixiya) Ta'm bili shva hid bilishning buzilishi: turli xil yokimsiz hidlarni yoktirib qolishi (sigaret, nam, zax, asteton, benzin, kerosin, kraska, rezina, tutun, lak, sovun, Yangi poyafzal, kitob, qog'oz, nos) Ta'm bilishni buzilishi yoki turli xil iste'mol qilib bulmaydigan mahsulotlarni yoktirish (bur, kesak, kum, sham, shamba, un, hamir, tuyilgan guusht, tuz, muz, xom guruch, xom makaron, tish pastasi). tug'ish yoshida uchraydigan ...

Joylangan
22 May 2024 | 18:11:05
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
4.98 MB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:32
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 18:11 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
4.98 MB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:32 ]
Arxiv ichida: pdf