Spansulalar ko'rinishi

Spansulalar ko'rinishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Spansulalar ko'rinishi - rasmi

Material tavsifi

Sog'liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika instituti Toksikologik, Organik va Biologik kimyo kafedrasi RYeFYeRAT Mavzu: Spansulalar ko'rinishi Bajardi: 2 kurs 21 kurs Xudoyberdiev Elyor Topshirdi: Chinibekova N. Toshkent - 2016 Dorivor moddaning ta'siri uzaytirilgan dori turlari. Spansula, strukturali tabletkalar, terapevtik dori sistemalar ta'siri uzaytirilgan peroral dorilar davomli dorilarning asosiy qismini tashkil etadi. Spansula dori turi. Spansulalar deb qopqoqli qattiq jelatinli kapsulani ichini dori moddaning mayda mikrokapsula yoki mikrodrajesi bilan to'lg'azilgan dori turiga aytiladi. Spansulalardagi dori moddaning ta'sir muddati uzaytirilishi, jela-tinli kapsulani ichiga, qobig'i har xil qalinlikda bo'lgan, dori moddaning mikrokapsulalarini joylashtirish hisobiga ta'minlanadi. Spansulalarning tashqi ko'rinishi va ularda dori moddalarni ta'siri uzaytirilish prinsipi rasm. Ko'pincha qobiqning qalin-yupqaligiga qarab mikrokapsulalar turli rangga buyaladi. Demak, spansulalar- bu mikrokapsula yoki mikrodrajelardan tashkil topgan qattiq jelatinli kapsula. Mikrokapsulalar har xil qalinlikga ega bo'lgan qobiq bilan qoplanganligi uchun, ular bir vaqtda erimayda va ulardan dori modda uzluksiz ravishda, qobiqlarni ketma ket erishi hisobiga, uning qondagi terapevtik kontsentratsiyasi ta'minlanadi. Spansulalar ko'rinishi Spansulalarda ko'pincha 3-4 turdagi mikrokapsulalar birlashtiriladi. Mikrokapsulalarning diametri 30-50 mkm atrofida bo'ladi. Dori moddalarning mikrokasulalarini hosil qilish uchun ko'pincha mumli moddalar ishlatiladi. Misol sifatida Omitoks ( omeprazol saqlovchi), Olfen ( diklofenak natriy saqlovchi), Mikalit (karbonat litiy saqlovchi) spansula shaklidagi preparatlarni keltirish mumkin. Spansulalarning ichiga faqat mikrokapsulalar emas, balki mikrodra-jelar ham joylashgan bo'lishi mumkin. Mikrodrajelarni hosil qilish uchun, obakilovchi qozonga shakar kristallarini joylashtirilib, qand sharbati bi- lan namlanadi va dorivor modda yordamida qobiq hosil qilinadi. Tayyorlangan mikrodrajelarning bir qismi birlamchi doza sifatida ishlatish uchun olib qo'yiladi. Ikikinchi qismi esa qoplovchi moddalar yordamida (glitserilmo-nostearat va asalari mumi aralashmasi) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 178.57 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:05 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 178.57 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga