ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ВАЗИРЛИГИ ТОШКЕНТ ФАРМАЦЕВТИКА ИНСТИТУТИ РЕФЕРАТ MAVZU: UMUMIY FIZIKAVIY TAHLIL USULLARI Бажарди: Рихсиддинов И. Текширди: Шамсиев Ш.Ш. Тошкент-2015 REJA 2.4.1. Suyuqlanish haroratini aniqlash 2.4.2. Dori moddalarning qotish haroratini aniqlash 2.4.3. Moddaning qaynash haroratini aniqlash 2.4.4. Dori moddalarning zichligini aniqlash 2.4.5. Uchuvchan moddalar va suvni aniqlash 2.4.6. Dori vositalari tarkibidagi spirtni aniqlash 2.4. UMUMIY FIZIKAVIY TAHLIL USULLARI 2.4.1. Suyuqlanish haroratini aniqlash Moddaning suyuqlanish harorati deganda suyuqlanishning boshlanishi (erigan moddaning dastlabki tomchisi hosil bo'lishi) bilan suyuqlanishning tugashi (moddaning to'la suyuqlanishi) orasidagi harorat tushuniladi. Dori moddasining kuzatilgan suyuqlanish harorati uning me'yoriy texnik hujjatda ko'rsatilgan suyuqlanish haroratiga mos kelishi lozim. Aksariyat hollarda suyuqlanish harorati oralig'i 2°C dan ortiq bo'lmasligi talab etiladi. Suyuqlanishning boshlanish harorati yoki tugashi harorati noaniq bo'lgan taqdirda, suyuqlanishning boshlanishi yoki tugashi harorati aniqlanadi. Qizdirish jarayonida parchalanib ketadigan moddalar uchun parchalanish harorati aniqlanib, bunda modda suyuqlanganida rangining o'zgarishi yoki ko'pirib ketishi kuzatiladi. Davlat farmakopeyasining XI nashrida suyuqlanish haroratini aniqlashning 4 xil usuli keltirilgan. 1- usul: qizdirishga chidamli, oson maydalanadigan qattiq moddalar uchun. 1a- usul: qizdirishga chidamsiz, oson maydalanadigan qattiq moddalar uchun. 2, 3 - usul: oson maydalanib kukun hosil qilmaydigan, yog', mum, parafin, vazelin va smolalar uchun. 1-, 1 a- va 2 - usullar bilan suyuqlanish harorati ikki turdagi uskunalar yordamida aniqlanadi. Birinchi turdagi uskuna 20°C dan 360°C oralig'idagi suyuqlanish haroratini aniqlash uskunasi elektr toki bilan qizdirishga mo'ljallangan PTP pribori deb ataladi, u quyidagi qismlardan iborat (1-rasm): 1) boshqaruv shiti va nomogrammali asos; 2) shishadan yasalgan qizdirish bloki; 3) optik qurilma; 4) termometrlar o'rnatiladigan moslama; 5) kapillarlar o'rnatiladigan moslama; ...

Joylangan
22 May 2024 | 18:16:46
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
980.74 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:43
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
980.74 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:43 ]
Arxiv ichida: pdf