Yo'g'on ichak kasalliklari referat

Yo'g'on ichak kasalliklari referat

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yo'g'on ichak kasalliklari referat - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI O'zbekiston RespublikaSI SOG'LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT TIBBIYoT INSTITUTI RYeFYeRAT Mavzu: Yug'on ichak kasalliklari Burxonov Sh. 2017 yil Anatomik-fiziologik ma'lumotlar. Chambar ichak yo'g'on ichakning bir qismi bo'lib, uzunligi 1-2 m ga teng, uning diametri ko'richak sohasida 7-8 sm ga, distal sohasida esa 4-5 sm ga teng. U ko'richak, yuqoriga ko'tariluvchi, ko'ndalang, pastga tushuvchi chambar ichak, sigmasimon ichak qismlaridan iborat. Yo'g'on ichak ingichka ichakdan farq qilib, bo'ylama mushak tolalari bir- biriga parallel yo'nalgan tasmalarni (teniae) hosil qiladi. Tasmalar orasida esa, bo'rtmalar (haustrae coli) joylashib, ular orasida toraymalar almashinib keladi. Bundan tashqari gaustralar devorida ‖yog'li shokilalar― joylashadi. Yuqoriga ko'tariluvchi chambar ichak mezoperitonel, ayrim xollarda esa, qisqa ichak tutqichiga ega bo'lib intraperitoneal joylashadi. U o'ng qovurg'a osti sohasida ‖jigar bukilmasi― ni hosil qilib, uzunligi 50-60 sm bo'lgan, har tomonlama qorin parda bilan o'ralgan (intraperitoneal), uzun tutqichli ko'ndalang chambar ichakka o'tadi. Ko'ndalang chambar ichak old yuzasiga katta charvi birikkan bo'ladi. Chap qovurg'a osti sohasida ko'ndalang chabar ichak ‖taloq bukilmasi― ni hosil qilib, aksariyat mezoperitoneal, bazan in- traperitoneal joylashuvchi pastga tushuvchi chambar ichakka, u esa o'z navba- tida intraperitoneal joylashuvchi o'z tutqichiga ega bo'lgan sigmasimon ichakka o'tadi. Chambar ichak o'ng yarmini yuqorigi tutqich arteririyasining tarmog'i bo'lgan yonbosh-chambar ichak (a. ileocolica), o'ng va o'rta chambar ichak (a.a. colica dextra et media) arteriyalari qon bilan ta'minlasa, chap yarmini pastki tutqich arteriyasi tarmog'i - a. colica sinistra qon bilan ta'minlaydi. Chap cham- bar ichak arteriyasi o'rta chambar ichak arteriyasi tarmog'i bilan anastomoz ho- sil qilib - Riolan ravog'ini yuzaga keltiradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 577.45 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:56 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 577.45 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga