O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIATSHUNOSLIK FAKUL'TETI TIBBIY BILIM ASOSLARI KAFEDRASI Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan laboratoriya mashg'uloti Tuzuvchi: t.f.n D.E.Quvandiqova Navoiy-2011 Mavzu: Ko'rish o'tkirligi va ko'rish maydonini aniqlash. Usul: Laboratoriya mashg'uloti Vaqti: 80 minut O'tkazish joyi: o'quv xonasi Mashg'ulot maqsadi:Ko'z yordamida odam tevarak-atrofdagi buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini ajratadi, o'simlik va hayvonot olamini o'rganadi, rassomlik, me'morlik, san'atlarining mahsulotlaridan bahramand bo'ladi. Ko'rish orqali odamning ichki dunyosi boyiydi. Uning tevarak-atrof, tabiat, san'at haqidagi tushunchasi ortadi, fikrlash qobiliyati, aql idroki, ongi rivojlanadi. Ko'z bosh suyagining maxsus chuqurchasida ko'z kosasida joylashgan. Ko'z, ko'z soqqasidan, ko'rish nervi va yordamchi qismlar (ko'z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ulaning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari) dan iborat. Mashg'ulot anjomlari: Ko'rish o'tkirligini aniqlash uchun Galovin jadvali ko'rsatgich tayoqcha. Tajribani o'tkazish tartibi. 1. Galovin jadvali yorug'lik yaxshi tushadigan devorga osib quyiladi. 2. Tekshiriluvchi jadvaldan 5metr narida tik turadi yoki o'tiradi. (jadvalning baland pastligiga qarab). U avval chap ko'zini bekitib, o'ng ko'zi bilan jadvalni yuqori qatoridan pastki qatoriga tomon o'qiydi. 3. Tekshiruvchi jadval yonida turib, ko'rsatkich bilan jadvaldagi harflarni yuqori qatordan, pastki qatorga tomon ko'rsatadi. 4. Tekshiriluvchi ma'lum qatorga kelib harflarni to'g'ri aniqlay olmasa, o'sha qatordan yuqoridagi qatorning ko'rsatkichi uning ko'z o'tkirligini bildiradi. Shu qatorning boshida yozilgan raqamga ko'ra, uning ko'z o'tkirligi belgilanadi. O'ng ko'zdan so'ng, chap ko'zning ko'rish o'tkirligi aniqlanadi. Izoh: ko'rish o'tkirligi me'yoridagi odam jadvalning 10-qatorigacha harflarni ikkala ko'zi bilan alohida-alohida ko'ra oladi. Shunda ko'zlarning ko'rish o'tkirligi 1,0 deb belgilanadi. 10 qatordan yuqoridagi qatorlarni ko'ra olganda, ko'rish o'tkirligi har qaysi qatorga ...

Joylangan
22 May 2024 | 18:16:46
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
193.91 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:57
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
193.91 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:57 ]
Arxiv ichida: pdf