O'zbekiston SOG'LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT TIBBIYoT INSTITUTI RYeFYeRAT MAVZU: ZAHARLANISh (INTOKSIKATSION) PSIXOZLARI BAJARDI: Allayorova X. SAMARQAND-2016 REJA: 1.UMUMIY ZAHARLANISH 2.ALKOGOLIZM HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 3.ALKOGOLIZM BOSQICHLARI 4.KLINIKASI,ETIOLOGIYASI,PATOGENIZI ZAHARLANISh (INTOKSIKATSION) PSIXOZLARI Zaharlanish psixozlari har xil zaharli moddalardan o'tkir yoki surunkali zaharlanish natijasida kelib chiqadi. Bunday zaharli moddalar juda ham ko'p, bunda ularning ko'pchiligi organizmga kichik dozada yoki bir marta yuborilganda hech qanday zarar etkazmaydi, biroq katta dozada yoki o'zoq vaqt davomida qo'llanilganda og'ir oqibatlarga olib borishi mumkin. Keyingi vaqtlarda zaharli moddalarni qo'llash odat tusiga kirib bormokda. Alkogol ana shunday eng ko'p tarqalgan moddalardan biridir. Zaharlanish psixozlari, shuningdek kasbga xos (tetraetilqo'rg'oshin, antifriz, simob, margimush, fosfororganik va boshqa birikmalar) zaharlanish zaminida ham rivojlanishi mumkin. Davolash tufayli paydo bo'ladigan zaharlanish psixozlari atropin, akrixin, barbituratlar va bazi psixotomimetik vositalardan kelib chiqishi mumkin. Psixiatrlar amaliyotda ko'proq surunkali zaharlanish oqibatlariga duch keladilar. Ko'pchilik kimyoviy moddalar zaharli xossalarga ega bo'lganligi uchun ular keltirib chiqargan zaharlanish ruhiy buzilishlarning umumiy xususiyatlarini, ularning o'ziga xos tomonlarini o'rganish bilan aniqlanadi. Bongefferning ta'limotiga muvofiq hamma ekzogen psixozlar, shuningdek zaharlanish psixozlari ham, infeksion psixozlar ham psixotik reaksiyaning tabiatiga qarab emas, balki faqat ularni keltirib chiqargan etiologik omillarning xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi. Biroq Krepelin infeksion psixozlarning zaharlanish psixozlaridan yetakchi psixotik sindromining tabiati va strukturasi bilan farq qilishiga ahamiyat bergan. Infeksion deliriy ongning qattiq buzilishi, lekin gallyutsinator kechinmalar sistemasiga sig'maydigan o'zuq-yuluq kechinmalar bilan boradi, zaharlanish deliriysi esa ongning uncha buzilmasligi va bemor o'rganib qolgan mavzudagi tasavvuriy gallyutsinatsiyalar bilan kechadi. Zaharlanish psixozlariga qo'yidagi kasalliklarni kiritish mumkin: Surunkali alkogolizm yoki davomli alkogolizm. 1. Alkogol psixozlari. Bunga o'z ...

Joylangan
22 May 2024 | 18:16:46
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
257.29 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 05:01
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
257.29 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 05:01 ]
Arxiv ichida: pdf