Hujayra tirik organizmlarning elementar tarkibiy, funksional va irsiy birligidir. Hujayraning tuzilishi va faoliyati to'g'risidagi batafsil ma'lumotlar morfologik, tibbiy-biologik fanlarni o'zlashtirish uchun poydevor hisoblanadi. Shifokor o'zining amaliy faoliyatida sitologik tadqiqotlardan keng foydalanadi. Hujayralar o'z tuzilishiga ko'ra prokariotlar va eukariotlarga bo'linadi. Prokariot hujayralarga bakteriyalar, ko'k-yashil suv o'tlari kiradi. Ularda yadro taraqqiyqilmagan, faqat bitta halqasimon xromosoma mavjud. Prokariotlar - yadrosi to'liq shakllanmagan organizmlar ya'ni, haqiqiy yadroga ega emas. Irsiy belgilar nukleotidlarda joylashgan. DNK-dezoksiribonukleinkislota halqasimon shaklda bo'ladi. Jinsiy ko'payish kuzatilmaydi. Hujayra markazi va mitotik ip bo'lmaydi. Hujayra amitoz yo'l bilan bo'linadi. Hujayrada plastida va mitoxondriyalar uchramaydi. Hujayra qobig'i murein degan moddadan tashkil topgan. Odatda xivchinli organizmlar ba'zi vakillaridagi xivchin oddiy tuzilgan. Prokariotlarning ko'pchiligi erkin azotni o'zlashtirish xususiyatiga ega. Oziqlanish oziq moddalarning hujayra qobig'i orqali shimib olinishi bilan kechadi. Hazm qiluvchi vakuolalar bo'lmaydi, ba'zan gazli vakuolalar uchraydi. Bakteriyalar va ko'k-yashil suv o'tlari prokariotlar hisoblanadi. Bakteriyalar. Bakteriyalar yer sharid;igi sodda tuzilgan eng qadimgi va ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan sodda organizmlar hisoblanib, hujayrasida yadro rosmana shakilanmaganligi va oddiy ko'payishi (bo'linish yo'li) bilan xarakterlidir, jinsiy ko'payish uchramaydi. Ba'zi avtotrof bakteriyalarni hisobga olmaganda, ularning ko'pchiligida plastidalar ham bo'lmaydi, shuning uchun ulargeterotrof oziqlanadi. Hujayra po'sti ham murein degan moddadan tashkil topgan. Bakteriyalar bir hujayrali, ba'zan ipsimon yoki shoxlangan, koloniyali organizmlar bo'lib, ular shakl jihatidan 3 guruhga ajratilgan: 1. Sharsimon-kokklar; 2.Tayoqsimon-basillalar; 3.Buralgan- vibrionlar, spirillalar (5-rasm). Bakteriyalarning ko'pchiligi suv va boshqa oziq moddalar etishmaganda yoki boshqa noqulay sharoitda spora hosil qilish xususiyaliga ega. Sporalar tashqi omillar ta'siriga ancha chidamli bo'lib, bir necha yilgacha o'z hayotini saqlab qoladi. Ular asosan shamol va suv ...

Joylangan
22 May 2024 | 18:21:40
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
932.74 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 05:12
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
22 May 2024 [ 18:21 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
932.74 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 05:12 ]
Arxiv ichida: pdf