O'zbekiston RespublikaSI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI II PEDIATRIYA FAKULTETI NEONATOLOGIYA KAFEDRASI 5 KURS MA'RUZA №3: YANGI TUG'ILGAN CHAQALOQLAR SARIQLIKLARI TOSHKENT - 2017 Mavzu: YANGI TUG'ILGAN CHAQALOQLAR SARIQLIKLARI REJA: 1. Bilirubin almashinuvi, qondagi nasliy gemolitik kasalligi. 2. Tasnifi. Patogenez savollari. 3. Qiyosiy tashxisi, davolash rejasi. YAngi tug'ilgan chaqaloqlar gemolitik kasalligi (CHGK) - homila va onaning eritrositar antigenlar: rezus tizimi, AVO yoki birmuncha kam uchraydigan omillar bo'yicha mos kelmasligi natijasida immunologik nomutanosiblik (izoimunizasiya) bilan bog'liq kasallikdir. Izoimmunizasiya kelib chiqishi ota tomonidan bo'lgan antigenlarning homiladan onaga o'tishi va reproduksiyani ta'minlashda qatnashadigan ona va bola o'rtasidagi o'zaro immunobiologik munosabatlarni buzadi. SHuning uchun CHGK gemolitik anemiya va uning oqibatlari ko'rinishdagina emas, balki patologiyaning boshqa shakllarida ham namoyon bo'ladi (infeksion asoratlarga nisbatan moyillikning oshishi, moslashuv jarayonlari, neyroendokrin regulyasiyasi buzilishlari va b.). u yangi tug'ilgan chaqaloqlarning o'tish holatlari klinikasiga o'ziga xos xususiyatlar kiritadi. Tug'ma rivojlanish nuqsonlarining uchrash soni oshganligi, surunkali homila ichi gipoksiyasi va gipotrofiyasi, muddatiga etmay tug'ilish sonining yuqoriligi, tug'ilgan bolalar o'limi va takroran homilador bo'lganlarda bola tashlashlar, tug'ruqning asoratlanib kechishi va erta neonatal davrda gemorragik buzilishlarning soni yuqoriligi qayd etiladi. Keltirilgan belgilar kasallikning ko'p tizimli xarakterga ega ekanligi va antenatal davrdagi embrio -fetogenez jarayonida immunologik mexanizmlarning ishtirok etishini tasdiqlaydi. Etiologiyasi. Ma'lum eritrositar antigenlar massasi orasida, jumladan 75 genetik polimorf tizimlar qon guruhlariga birlashtirilgan 500 dan ortiq genetik guruhli omillar ajratiladi. CHGK rivojlanishida rezus va AVO tizimlari katta ahamiyatga ega. CHGK kamroq KELL, DUFFI, KUDD, S, M va b. tizimlar antigenlari bo'yicha nomutanosiblikka bog'liq. Rezus tizimi 6 ta asosiy antigenlardan iborat, ular sintezini ...

Joylangan
24 Jul 2024 | 18:42:42
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
294.17 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:24
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
24 Jul 2024 [ 18:42 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
294.17 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:24 ]
Arxiv ichida: pdf