Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi

Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI Dori vositalarini standartlash kafedrasi Mavzu: Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Toshkent -2017 4-ma'ruza. Granulalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Reja 1. Granula ifodasi. Donadorlashdan maqsad. 2. Granulalarni ishlatilishi. 3. Tabletka ishlab chiqarishdan maqsad. 4. Granulyasiya usullari, ularni qiyosiy ta'riflash. 5. Granulalarni quritish usullari. Ishlatiladigan asboblar. 6. Granuladagi qoldiq namlikni aniqlash usullari va uni tabletka ishlab chiqarishigi ahamiyati. 7. Granulalar ifodasi va unga qo'yiladigan talablar. 8. Granula holida ishlab chiqariladigan TDV ga bo'lgan ehtiyoj. 9. Quruq qiyomlar va ularni ishlab chiqarishdan kuzatiladigan maqsad. 10. Granulalarni umumiy va xususiy texnologiyasi. 11. TDV sifatida ishlab chiqariladigan granulalar nomenklaturasi. Donadorlash lotincha granula, donacha so'zidan olingan bo'lib, tabletka tayyorlash jarayonida taxtakachlashni osonlashtirish uchun massaning hampadan bir me'yorida qolipga tushib turishini ta'minlash va sifatli tabletka olish uchun qo'llaniladi. Donadorlash (granulyasiya) quydagi usullarda olib boriladi: 1. Strukturalab donadorlash 2. G'alvirdan o'tkazib donadorlash 3. Maydalab donadorlash 4. Briketlab, so'ngra maydalash usuli 5. Suyultirib, so'ngra donadorlash Strukturlab donadorlash. 1958 yilda AQSH da Vurster tomonidan taklif etilgan bo'lib, maxsus asboblarda olib boriladi. Bu usul eng zamonaviy, istiqbolli bo'lib, unda nisbatan bir xil katta-kichiklikdagi usti silliq donador massa olish imkoniyati bor. Bu usulni uzluksiz ishlaydigan, mexanizatsiyalashgan jarayonga o'tkazish mumkin. Bu usulni tushuntirish uchun 1959 yilda taklif etilgan Vurster asbobini keltirish mumkin. Asbob silindr shakliga ega bo'lib, ishchi qismiga donadorlash kerak bo'lgan massa tushib turadi. YUqori qismidan katta bosim ostida bog'lovchi modda purkaladi. Asbobning elaksimon tubidan ma'lum haroratgacha isitilgan va filtralgan havo ma'lum bosim ostida yuboriladi. Modda zarrachalari havoda muallaq holda so'zib yurishi natijasida soxta qaynoq yuza hosil bo'ladi. Zarrachalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 238.97 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:58 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 238.97 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga