Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bo'shlig'ini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma'ruza maqsadi: Paradontal xirurgiyani amaliy va nazariy aspektlari. Og'iz bo'shlig'ini protezlashga tayyorlashda xirurgik davolashni o'rni. Ma'ruza vazifalari: 1. Paradont kasalliklarini xirurgik davolash usullari haqida tushuncha. 2. Paradont kasalliklarini xirurgik davolash usullari tasnifi. 3. Xirurgik korrektsiya talab qiladigan og'iz bo'shlig'i patalogiyalari haqida tushuncha. 4. Og'iz bo'shlig'ini protezlashga xirurgik yo'l bilan tayyorlash. 2. Mavzu bo'yicha savollar beradi (reja ) Ma'ruza rejasi: 1. Paradont kasalliklarini xirurgik davolash usullari tasnifi. 2. Paradont kasalliklari shaklini inobatga olgan holda, xirurgik davoga ko'rsatma va qarshi ko'rsatmalar. 3. Operatsiyalar usullari va o'tkazish texnikasi (kyuretaj, gingivotomiya, gingivektomiya). 4. Lahtakli operatsiyalar (TSeshinskiy - Vidman - Neyman usuli), mikroosteoplastika va vestibuloplastika. 5. Og'iz mayda dahlizini bartaraf etish yo'llari. 6. YUqori va pastki labni kalta yuganchasini korrektsiya usullari. 7. Ekzostozlar. Sabablari, ularni profilaktikasi va bartaraf etish usullari. Xilpillovchi greben' (shilliq qavat gipertrofiyasi) Parodont - bu tishni o'rab turuvchi va uni jag'da fiksatsiyasini ta'minlovchi to'qimalar kompleksidir. Paradont tarkibiga kiradi: milk, periodontni tolalari apparati, al'veolyar o'siqlar suyagi, tish ildizi tsementining yuza qavati. Paradontda xirurgik aralashuv klinik stomatologik praktikada ishlatilishiga sabab, paradont kasalliklarni tarqalganligi va paradontni klinik-morfologik zaralanish xususiyatidir. Bu patologiyani quyidagi nozologik shakllari tafovut etiladi: gingivit, parodontit, parodontoz, o'sma va o'smasimon hosilalar - parodontomalar, paradontni idiopatik zararlanishi, umumiy kasalliklarni simptomlari sifatida paradont zararlanishi. YUqorida sanab o'tilganlarni 92-95% yallig'lanish kasalliklari tashkil etadi, sabablari, patogenei va klinik ko'rinishlari hammaga ma'lum. Paradontni yallig'lanishini etiologik faktori, bu mikrob faktordir. Milk oldi sohasida to'planadigan mikroblardan ajraladigan kislota, fermentlar va toksinlar ma'lum vaqtgacha so'lak va milk ...

Joylangan
24 Jul 2024 | 18:42:42
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
397.99 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:27
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
24 Jul 2024 [ 18:42 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
397.99 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:27 ]
Arxiv ichida: pdf