TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI Dori vositalarini standartlash kafedrasi Mavzu: Presslanadigan massani texnologik xossalarini o'rganish. To'g'ridan-to'g'ri presslash va nam donadorlash usullarida tabletkalar tayyorlash. Toshkent -2017 6-ma'ruza. Presslanadigan massani texnologik xossalarini o'rganish. To'g'ridan-to'g'ri presslash va nam donadorlash usullarida tabletkalar tayyorlash. Reja 1.Presslanadigan massaning texnologik xossalarini aniqlashdan ko'zlanadigan maqsad. 2. Moddaning texnologik xossalariga ta'sir qiladigan omillar. 3.Dori moddalarini zarrachalar tuzilishini, massaning texnologik xossalariga ta'siri. 4. Massalarda aniqlanadigan texnologik ko'rsatkichlaralar: 4.1. Fraksion tarkib; 4.2. Sochiluvchanlik; 4.3. Sochiluvchan zichlik; 4.4. Taxtakachlanuvchanlik; 4.5. Zichlanish koefitsienti; 4.6. Suv shimish koefitsienti; 4.7. G'ovakligi; 5. To'g'ridan-to'g'ri presslab olingan tabletkalarning afzalligi. 6. To'g'ridan-to'g'ri presslashda zarrachalar tuzilishining ahamiyati. 7. To'g'ridan-to'g'ri presslash usullari. Tabletka ishlab chiqarish amaliyotida substansiyalarni va presslanadigan massalarni fizik- kimyoviy va texnologik xossalarini o'rganish katta amaliy ahamiyatga moliqdir. Substansiyalarni fizik-kimyoviy xossalaridan moddani agregat hoolati, tashqi ko'rinishi, erish harorati, eruvchanligi, gigroskopiklik darajasi kabi ko'rsatkichlar va konglomeratlar hosil qilish. Moddalarni texnologik xossalaridan zarrachalarni tuzilishi, o'lchamlari, fraksion tarkib, elektrlanish xossasi, sochiluvchanlik, sochiluvchan zichlik, presslanuvchanlik, zichlanish koeffitsiyenti, tabiiy og'ish burchagi, g'ovakligi va suv shimish koeffitsiyentlari aniqlanadi. Substansiyalarni fizik-kimyoviy va texnologik xossalarini o'rganishda kuzatiladigan maqsad, tabletka tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalarni turi va miqdorini hamda mo''tadil texnologik jarayonni ilmiy jihatdan asoslashdir. Sustansiyalarni texnologik xossalari ko'p jihatdan ularni zarrachalarini tuzilishiga, o'lchamlariga, qoldiq namligiga bog'liq bo'ladi. Presslash murakkab jarayon bo'lib, unda presslanadigan moddaning zarrachalarini kristallik tuzilishi ko'p jihatdan massaning texnologik xossalari va tabletkaning sifatini belgilaydi. Zarrachaning kristallik tuzilishini aniqlash Dori moddalarini texnologik xossalari ko'p jihatdan ularni zarrachalarini tuzilishiga bog'liq bo'ladi. Zarrachalarni shakli esa sintez sharoitiga, ishlatiladigan erituvchilar tabiatiga, cho'ktirish shgaroitiga, quritish, maydalash kabi omillarga bog'liq bo'ladi. SHunday qilib, ...

Joylangan
24 Jul 2024 | 18:42:42
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
230.19 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:35
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
24 Jul 2024 [ 18:42 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
230.19 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:35 ]
Arxiv ichida: pdf