Qattiq jismlar va biologik to'qimalarning mexanik xossalari

Qattiq jismlar va biologik to'qimalarning mexanik xossalari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qattiq jismlar va biologik to'qimalarning mexanik xossalari - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Qattiq jismlar va biologik to'qimalarning mexanik xossalari. DARS VAQTI - 2 SOAT I.MA'RUZANING MAQSADI Talabalarni qattiq jismlarni va shu bilan birga biologik to'qimalarni mexanik xossalari bilan tanishtirish va ularni tibbiyotdagi ahamiyatini tushuntirish. Amorf jismlar haqida ma'lumotlar berish. Biologik to'qimalarda kuzatiladigan deformatsiya turlari bilan tanishtirish. Biologik to'qimalar (suyak, teri, muskul, qon tomirlar to'qimasi)ni mexanik xossalari haqida to'laroq ma'lumot berish. II. MA'RUZADAN KUTILADIGAN NATIJALAR. Talabalar ma'ruzadan so'ng qattiq jismlarning shu bilan birga biologik to'qimalarning mexanik xossalari to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishadi. Qattiq jismlar bilan biologik to'qimalarni mexanik xossalari bitta qonunga bo'ysunadi. II. MA'RUZANING MAZMUNI (REJASI). 1.Kristal va amorf jismlar. Polimerlar. 2.Suyuq kristallar. 3.Qattiq jismlarni mexanik xossalari 4.Biologik to'qimalarni mexanik xossalari IV. MA'RUZANI MATNI (MA'RUZACHI UCHUN QISQACHA QAYDNOMA). Qattiq jismning o'ziga xos alomatlaridan biri o'z shaklini saqlab qolishidir. Qattiq jismlarni kristall va amorf jismlarga ajratish mumkin. Kristall holatining farqli alomati anizotropiyadir, ya'ni fizik (mexanik, issiqlik, elektrik, optik) xossalarining yo'nalishga bog'liq bo'lishidir. Anizotropiyaning sababi jismni tashkil etgan atom va molekulalarni tartibli joylashishidan iborat bo'lishidir. Kristall atom va molekulalarining tartibli joylashishlari kristall panjarani (1-rasm) tashkil etib, geometrik muntazam strukturalarning tugunlarida joylashishlari bilan tushuntiriladi1. 1-rasm 1 Harten Physik fur Mediziner -2011y.-pp. 67-70 Panjara tugunlarida turgan zarrachalarning tabiati va o'zaro ta'siri kuchlarining xarakteriga ko'ra 4 xil kristall panjarani (2-rasm) ajratish mumkin: Ionli, atomli, metall va molekulyar panjaralar. 2- rasm Ionli kristallning kristal panjarasi tugunlarida har xil ishorali ionlar turadi. Ular orasida o'zaro ta'sir kuchlari mavjud. Bunday kristall asosan bir butun molekula sifatida qaraladi. Atom kristall panjarasi tugunlari neytral atomlar bilan band bo'lib, ular orasida kovalent bog'lanishli ta'sirlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 469.86 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:42 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 469.86 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga