O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI MARUZA №2 MAVZU: SULFANILAMIDLAR GURUHIGA KIRGAN DORI MODDALAR. ULARNING AMFOTERLIK XOSSALARI. TAHLIL USULLARI. O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKЕNT FARMATSЕVTIKA INSTITUTI FARMATSЕVTIKA KIMYO KAFЕDRASI TASDIQLAYMAN O'quv ishlari bo'yicha prorektori dotsent S.U.Aliyev FARMATSЕVTIK KIMYO MA'RUZA MATNLARI Тoshkent- 2016 ASOSIY SAVOLLAR: 1. Dori sifatida ishlatiladigan sulfanil kislota hosilalarining tasniflanishi. 2. Antimikrob ta'sirga ega bo'lgan sulfanilamidlarning tavsifi. 3. Sulfanilamidlarning olinish usullari. 4. Sulfanilamidlar guruhiga kirgan dori vositalarining tahlil usullari. ASOSIY O'QUV MATERIALINING QISQACHA BAYONI Sulfanilamidlar sulfanil kislota hosilalari bo'lib, ularning umumiy formulasi: Bu guruhga kirgan dori moddalar soni 50 dan ortik va ular 1, 2, 3, 4-avlod sulfanilamidlarga bo'linadi. Biologik faolligi jihatidan ular bakteriostatik ta'sir ko'rsatib, ta'sir mexanizmi foli kislota sintezini kamaytirib, mikroorganizmlarning yashashi va ko'payishiga to'skinlik kiladi. Ta'sir muddatiga ko'ra sulfanilamidlar kiska muddat ta'sir ko'rsatuvchi (streptotsid, sulfatsil, norsulfazol, etazol, sulfadimezin va boshkalar), o'rta muddat ta'sir ko'rsatuvchi (sulfazin), uzoq muddat ta'sir ko'rsatuvchi (sulfapiridazin, sulfamonometoqsin, ftezin va boshkalar) va o'ta uzoq muddat ta'sir ko'rsatuvchi (sulfalen va b.) guruhlarga bo'linadi. Olinishi. 1. Sulfanil kislota asosida olish. 2. N-karboqsimetoqsianilindan olinishi: Tasvirlanishi. Sulfanilamidlar oq yoqi oq-sargish yoqi oq-kizgish kristall moddalar bo'lib, kislota shakllari suvda erimay, organik erituvchilar, ishkor eritmalari va kislota eritmalarida eriydi. Tuz shakllari esa suvda erib, organik erituvchilarda erimaydi. Ularning ko'pchiligi amfoter birikmalar. Agar sulfanilamiddagi radikal kuchli asosli xossaga ega bo'lsa, bunday sulfanilamid ishkorda erimaydi. Masalan: sulgin. CHinligini aniklash. 1. Azobo'yoq hosil bo'lish reaktsiyasi. Bu sulfanilamidlarning birlamchi aromatik aminlar guruhiga xos reaktsiya bo'lib, ikkilamchi aromatik amin guruhi saklovchi sulfanilamidlarda esa bu reaktsiya dastlab gidrolizlab, so'ng ...

Joylangan
24 Jul 2024 | 18:42:42
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
535.93 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:08
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
24 Jul 2024 [ 18:42 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
535.93 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:08 ]
Arxiv ichida: pdf