O'zbekiston RespublikaSI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TIBBIY VA BIOLOGIK FIZIKA, TIBBIY TEXNIKA VA YANGI TEXNOLOGIYALAR KAFEDRASI. SUYUQLIKLARNING ICHKI ISHQALANISH KOEFFITSIYENTINI (QOVUSHOQLIGINI) KAPILLYAR VISKOZIMETR VA VK-4 VISKOZIMETRI VOSITASI BILAN ANIQLASH. (I-kurs davolash, pediatriya va tibbiy pedagogika fakultetlari studentlari uchun uslubiy qo'llanma). TOSHKENT - 2005 O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta ta'lim bo'yicha o'quv-uslub idorasi tomonidan 5 dekabr 2005 yilda tasdiqlangan. TUZUVCHILAR: Sodiqov N.O. - SamDTI «Biofizika» kafedrasi mudiri, dotsent. TAQRIZCHILAR: Eshqobilov N.B. - SamDU «Kvant elektroni- kasi» kafedrasi professori, f.m.f.d. Malikov R.M. - SamDTI «Biofizika» kafedrasi dotsenti. SUYUQLIKLARNING ICHKI ISHQALANISH KOEFFITSIYENTINI (QOVUSHOQLIGINI) KAPILLYAR VISKOZIMETR VA VK-4 VISKOZIMETRI VOSITASI BILAN ANIQLASH. Kerakli asboblar va jihozlar: 1.Ostvald viskozimetri (qovushoqlik o'lchagich). 2.Meditsina viskozimetri. 3.Termometr. 4.Sekundomer. 5.Ultratermostat. 6.Turli xil konsentratsiyaga ega bo'lgan eritmalar. Ishning maqsadi: Suyuqliklarning ichki ishqalanish koeffitsiyentini haroratga bog'liq holda aniqlash va meditsina viskozimetrining ishlash jarayoni bilan tanishishdir. Real suyuqlik va gazlar molekulalari orasida o'zaro tortishish kuchlari bo'lganligi sababli, ichki ishqalanish mavjuddir. Bu kuchlar bo'lganligi sababli suyuqlik qatlamlari orasida, agar suyuqlik qatlamlari turli xil tezlik bilan harakat qilayotgan bo'lsalar, ishqalanish qarshilik kuchlari paydo bo'ladilar. Bu kuchlar tezliklari katta bo'lgan suyuqlik qatlamlarining tezligini kamaytiradi va tezligi kichik bo'lgan qatlamlar tezliklarini esa oshiradi. Agar suyuqlik qatlamlarining tezliklarini qo'llovchi manba bo'lmasa, ishqalanish kuchlarining ta'siri bilan suyuqlik qatlamlarining orasida ichki ishqalanish bo'lganligi sababli suyuqlik qatlam-qatlam bo'lib oqadi. Birinchi qatlam idish devoriga yopishgan bo'lib, tezligi 0, ikkinchi qatlam kamgina tezlikka, uchinchi qatlam kattaroq va h.k. Nay o'rtasida tezlik maksimal qiymatga ega bo'ladi. Suyuqlikning nay bo'yicha oqishida qatlamlarning harakat tezligi rasmda ko'rsatilgan. R ϑ max 1-rasm -4- ...

Joylangan
24 Jul 2024 | 18:42:42
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
140.15 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:19
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
24 Jul 2024 [ 18:42 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
140.15 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:19 ]
Arxiv ichida: pdf