Buxoro davlat tibbiyot institute Tillar kafedrasi Ta'lim texnologiyasi fanidanma'ruza matni Ma'ruzachi: p.f.n. N.E.Azimova Ma'ruza mavzusi: O'quv materiallari 1.Ta'lim texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: 1. Ta'lim tushunchasi. 2. Ta'lim texnologiyalari 3. Ta'limiy kenglik, ko'nikma va malakalar. Adabiyotlar: 1. K.T.Olimov, O.A.Abdukuddusov, L.P.uzoqova, M.M.Axmedjonov, D.F.Jalolova. Kasb ta'limi uslubiyoti. Toshkent, 2006. 2. S.YA. Batishev. Professional'naya pedagogika. Professional'naya obrazovanie. Moskva. 1997. 511 s. 3. Ilg'or pedagogik texnologiya: Nazariya va amaliyot Ma'naviyat asoslari darsi asosida ishlangan uslubiy qo'llanma. Abu Ali ibn Sino. Toshkent. 2001. - 80 b. 1. TA'LIM -bilim berish, malaka va ko'nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta'lim jarayonida bilim o'zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta'lim tor ma'noda o'qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o'quv yurtlarida o'qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham ma'lumot o'zlashtirish jarayonidir. Ta'lim ilm berish va tarbiyalashni o'ziga qamrab olib, Respublikaning aql zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi o'z mas'uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. SHuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi. Ta'lim faoliyati o'z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: a) ma'lum bir tajriba va amaliy faoliyat turini muvaffaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur xususiyatlari haqidagi axborotlarni o'zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti bilimlardir); b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va vositalarni o'zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo'ladi); v) ko'zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to'g'ri yo'l va usul tanlash hamda nazorat qilish uchun ko'rsatilgan axborotlardan foydalanish usullarini egallash (bu jarayonning mahsuli - malakadan iborat bo'ladi). ...

Joylangan
24 Jul 2024 | 18:42:42
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
736.98 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:19
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
24 Jul 2024 [ 18:42 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
736.98 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:19 ]
Arxiv ichida: pdf