Terminal holatlar va klinik o'lim. Terminal holatlarning umumiy xarakteristikasi: Terminal holat bu organizm hayotining oxirgi so'nish davri bo'lib, biologik o'limdan oldingi holatdir. Biologik o'lim holatida organ va to'qimalarda, avvalo markaziy nerv sistemasida qayta tiklanmaydigan o'zgarishlar vujudga keladi. Shuning uchun biologik o'lim holatida organizmni hayot faoliyatini o'ayta tiklanish imkoni. O'limning jarayoni, xamma stadiyalari va boshlanich postreanimatsion davri terminal holat hisoblanadi. Bu ma'nodagi o'lim organizmning hayoti uchun zarur funksiyalarning davomiy sustlashishi hamda gomeostazga javobgar sistemalarning parchalanishi jarayonidan iboratdir. O'lim jarayonini organizm o'z kuchi bilan to'xtata olmaydi, tashqi muhit yordamisiz esa albatta biologik o'limga olib keladi. O'lim jarayonining sabablaridan qa'ttiy nazar, uning rivojlanishida gipoksiya asosiy va umumiy patofiziologik omil hisoblanadi. Ma'lumki to'qimalarda kislorodning kritik miqdori 1-3 mm simob ustuniga teng. Bunda albatta mitoxondriyalarning nafas olishi buziladi. To'qimalarda O ning ushbu miqdorini saqlash uchun esa PaO ning 2 2 kapillyardagi miqdori 10 mm simob ustunidan kam bo'lmasligi kerak. Umumiy kislorod tanqisligi organizmning kompensator imkoniyatlarini ishga soladi. Ular esa bosh miya gipoksiya holatini tezlik bilan kuchayishga olib keladi. Bosh miyadagi kislorod tanqisligi avval to'qimalardagi mahalliy o'zgarishlar ya'ni, ayrim kompensator jarayonlar rivojlanishiga olib keladi. Bu jarayonlarning asosida esa, bosh miya to'qimalarida aerob glikolizning zudlik bilan anaerob glikolizga o'tishi natijasida hujayra ichida va sirtida laktat atsidoz rivojlanishi yotadi. Tirik hujayralardagi energiya ishlab chiqishning ibtidoiy formasiga o'tishi himoya moslashuv ahamiyat kasb etadi, bu esa, hayotiy zarur bo'lgan bosh miya funksiyalarini ma'lum davr mobaynida ta'minlab, o'limni kechiktiradi. Ammo, 5%ni tashkil etadigan metabolizmning bu turi 8 marotaba oz energiya beradi. Bosh miya to'qimalaridagi glikogen, glyukoza jamgarmalari tezda tugaydi. ATF, kreatinin-fosfat ...

Joylangan
24 Jul 2024 | 18:42:42
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
197.55 KB
Ko'rishlar soni
153 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:26
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
24 Jul 2024 [ 18:42 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
197.55 KB
Ko'rishlar soni
153 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:26 ]
Arxiv ichida: pdf