Agrokimyoviy moddalar tarkibiy qismlaridan zaharlanish

Agrokimyoviy moddalar tarkibiy qismlaridan zaharlanish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Agrokimyoviy moddalar tarkibiy qismlaridan zaharlanish - rasmi

Material tavsifi

Agrokimyoviy moddalar tarkibiy qismlaridan zaharlanish Agrokimyoviy moddalar pestitsidlardan farqli o'laroq, oziq-ovqatlarda to'planishga va inson organizmiga zararli ta'sir ko'rsatishga qodir zaharli birikmalar emas. Shu bilan birga, ishlab chiqarish texnologiyasi yoki olinish joyiga bog'liq holda ular tarkibida turli faol moddalar va aralashmalar mavjud bo'ladiki, ular yot yuklamani yuzaga keltiradi. Xususan, bunaqangi tarkibiy qismlarga og'ir metallar, radionuklidlar, azotli birikmalar kiradi. Ishlab chiqarish cheklovi (standart va texnologiya yo'l-yo'riqlari) yoki belgilangan qo'llanish tartibi (miqdori, muddati, karraliligi) buzilganida, olingan ozuqa xom-ashyosida MYDdan ko'proq to'planishi mumkin, masalan, azotli birikmalar va anchagina kam hollarda boshqa kontaminantlar ovqat zaharlanishi yuzaga kelishida xizmat qilishi mumkin. Nitrat va nitritlar bilan zaharlanish. Turli agrokimyoviy moddalar, birinchi navbatda azotli, majmuaviy va organik o'g'itlardan foydalanish qonun-qoidalari, cheklovlari va texnologiyasiga rioya qilinmaganida, shuningdek, sug'oriluvchi dalalarda qishloq xo'jalik ekinlari etishtirilganida, qishloq xo'jalik mahsulotlarida nitratlar va boshqa azotli birikmalar (nitritlar, nitrozaminlar), MYD dan yuqoriroq miqdorda to'planishi mumkin. Nitratlarning ozuqa xom-ashyosida o'ta ko'p to'planishi uning ozuqaviy qiymatini pasaytirib yuboradi: vita'minlar, uglevodlar, aminokislotalar kamayadi, mahsulotning mineral tarkibi o'zgaradi. Organizmga nitratni asosiy tashuvchilar sabzavotlar, kartoshka, poliz ekinlari, mevalar va rezavorlardir. Ular orasida maksimal darajadagi nitratlar bargli oshko'kilarda, lavlagi va ertaki oqbosh karam (yozgi navlari) da qayd etiladi. Nitritlarning salmoqli miqdori organizmga kolbasa mahsulotlari bilan birga tushadi. Nitritlarning organizmga oshgan miqdorda tushishi salomatlik salmoqli buzilishiga (birinchi navbatda, bolalar va qariyalarda) olib keladi. Nitratlarning so'rilishi asosan oshqozonda yuz beradi. 8 soat mobaynida peshob bilan 90 % gacha nitratlar ajralib chiqadi. Nitratlar bilan zaharlanishning klinik belgilari ular organizmga tushganidan so'ng 1 6 soat o'tgach paydo bo'ladi va jigarning kattalashishi va paypaslaganda og'rib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.15 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.15 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga