Alimentar - bog'liq yuqumsiz kasalliklar

Alimentar - bog'liq yuqumsiz kasalliklar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Alimentar - bog'liq yuqumsiz kasalliklar - rasmi

Material tavsifi

Alimentar-bog'liq yuqumsiz kasalliklar So'nggi yillarda rivojlangan mamlakatlar aholisida surunkali yuqumsiz kasalliklarning katta guruhi paydo bo'lishi va profilaktika uchun ovqatlanishning roli ko'p taraflama nisbatan aniqroq aytib berildi. Xususan, tananing oshiqcha vazni va semizlik, ateroskleroz, gipertoniya kasalligi, glyukozaga nisbatan tolerantlikning pasayishi, almashuv jarayonlaring buzilishi, ikkilamchi immun tanqisligi bilan bog'liq kasalliklarning soni oshishi bir necha tashqi omillar bilan bog'liq bo'lib, ular orasida ovqatlanish (nutrientlarning asosiy guruhi nisbati) va hayot tarzi (jismoniy faollikning pasayishi va stressning kuchayishi)ning tez noevolyutsion o'zgarishi yetakchi o'rin tutadi. Bunday o'zgarishning asosiy sababchilari ovqatlanish bozorini va nafaqat oziq-ovqat sanoatini, balki ovqat tanlash stereotipini ham o'zgartirgan xizmatlarni industriallashtirish, tabaqalashtirish va globallashtirishdir. Bunda rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi orasida ham ularning ovqatlanishi o'zgarganida surunkali yuqumsiz kasalliklarning tarqalishi muntazam o'sib borishga moyilligi kuzatiladi. Ovqat tanqisligidan tezgina ortiqcha o'rtaevropacha (o'rtaamerikacha) ratsionga o'tish bilan bog'liq bo'lgan bu holat malum disbalanslar bilan ajralib turadigan ovqat o'tishidir. Shu sababali ham mavjud farazlarga ko'ra, 2025 yillarga kelib, qandli diabet bilan og'riganlar soni rivojlanayotgan mamlakatlarda 2,56 martaga oshib, umumiy soni 228 million nafarga etadi. XXI asr boshlaridayoq faqatgina Hindiston va Xitoyning o'zidagi yurak-qon tomirlar hastaliklari bilan og'riganlar soni rivojlangan davlatlarning barini jamlagandan ko'proq ekanligi qayd etilgandi. Shu tariqa, yaqin istiqbolda alimentar-bog'liq yuqumsiz kasalliklar butun insoniyatning umumiy global muammosiga aylanadi. Ovqatlanish sifati va kasallanishlar orasidagi bog'liqlikni o'rganish fani ovqatlanish epidemiologiyasi deyiladi. Ovqatlanish gigiyenasining ushbu bobida nafaqat haqiqiy ahvolni aniqlabgina qolmay, balki eng muhimini - alimentar-bog'liq hastaliklarni profilaktika qilishning haqiqiy yo'llarini ishlab chiqarishga imkon beradigan tadqiqotlar amalga oshiriladi. Alimentar-bog'liq hastaliklarning ko'pchiligi boshqariladigan hastaliklarga kiradi. Ularning paydo bo'lishi aniq sabablar bilan belgilangan bo'lib, ularni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.27 KB
Ko'rishlar soni 228 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.27 KB
Ko'rishlar soni 228 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga