Alimentar adaptatsiya (moslashish) asoslari Insonning ijtimoiy-biologik tur sifatida rivojlanishi evolyutsiyasi XXI asr boshlarida ko'p yillar davomida sayyoraning zaxiralaridan noratsional foydalanish amaliyoti, biosferadagi tuzilmaviy aloqalar buzilishi va biosferaning elementar va tuzilmaviy tarkibining intensiv o'zgarishi (atrof-muhitning ifloslanishi) kabi o'ta muhim ekologik muammolarni hal etish zarurligiga olib keldi. So'nggi holat hozirgi vaqtda inson hayoti xavfsizligining eng muhim dolzarb omillaridan biriga aylangan. Barcha muhitlarda: havoda, suvda, tuproqda, ohir-oqibatda, oziq-ovqat xom-ashyosida ko'p sonli kimyoviy moddalar va birikmalarning kontsentratsiyasi doimiy ravishda oshmoqdaki, bu o'z tabiati (qayta sintezlanishi, yarim sintetikligi va hoka'zolar)ga ko'ra yoki miqdoriy xususiyatlari (evolyutsiya davomida tarkib topgan miqdordan ortiqligi)ning sharofati bilan inson organizmi uchun yot moddalar (ksenobiotik) hisoblanadi. Doimo oshib boradigan yot yuklama yo o'tkir zaharlanishni (ksenobiotikning boshlang'ich miqdordan oshiqcha tushishida) yoki nisbatan ancha ko'proq hollarda ksenobiotikning spetsifik tropliligi vayoki umumiy rezistentligi buzilishi natijasida himoyalovchi-moslashtiruvchi mexanizmlarning dekompensatsiyasi oqibatida turli a'zolar va tizimlarning surunkali muvozanati buzilishi (disfunksiyasi)ni keltirib chiqaradi. Gomeostaz muvozanati buzilishi (disbalans), shuningdek, irsiy axborot buzilishi (kimyoviy va radiatsion mutagenez) va sensibilizatsiya (antigen yuklama) hisobiga neyrogumoral va genetik regulyatsiyaning o'zgarishidan chuqurlashib ketishi mumkin. Ushbu muammo doirasida ovqatlanishga organizm yangicha yashash muhitlariga moslashishining muhim omili sifatida qaraladi. Bir tomondan olganda, ksenobiotiklar umumiy xajmining 95% i organizmga alimentar yo'l (oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi) bilan tushadi. Bu esa ozuqa xom-ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlov berish va tarqatishning barcha bosqichlarida ishlab chiqaruvchilar va muvofiq davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan sifat nazoratining qanchalik ahamiyatga ega ekanligini yaqqol ko'rsatadi. Barcha oziq-ovqatlar xavfsizlik talablariga javob berishi shart. Boshqa tomondan olganda, ozuqa moddalari himoyalovchi-moslashtiruvchi mexanizmlarning realizatsiyasini ta'minlaydi: ular metabolizmning ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.18 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.18 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:28 ]
Arxiv ichida: docx