Toshkent TIBBIYoT AKADYeMIYaSI UMUMIY jarrohLIK, BOLALAR jarrohLIGI, TIBBIYoT-PROFILAKTIKA fakultetI jarrohLIK KASALLIKLARI kafedraSI Tibbiy-profilaktika fakultetining 3-kurs talabalari uchun ma'ruza ma'ruzaning mavzusi: «Anaerob infeksiya, suyak va bo'g'imlarning sil kasalligi» ma'ruzachi m.f.d, prof. U.Yu.Ergashev Tuzuvchilar: m.f.d, prof. U.Yu.Ergashev ma'ruzaning maqsadi: Talabalarga anaerob infeksiya, suyak va bo'g'imlarning sil kasalligi haqida tushuncha berish. Talabalarni anaerob infeksiya, suyak va bo'g'imlar sil kasalliklarining asosiy turlari bilan tanishtirish. Talabalaraga anaerob infeksiya, suyak va bo'g'imlar sil kasalliklarning asosiy diagnostika va davolash tamoyillarini tushuntirish. Anaerob infeksiya - jarohatlarning og'ir toksik asorati bo'lib, asosan biriktiruvchi va mushak to'qimalarini zararlanishi bilan kechadi. N.I. Pirogov anaerob infeksiyani ifodali qilib «mefitik» yoki «shayton» infeksiyasi va u urushlarning doimiy yo'ldoshi deb nomlagan. Birinchi jahon urishi davrida (1914-1918 y) 5 dan 15% gacha yaradorlar gazli gangrena bilan og'rib 60-80% gacha holatlarda o'lim bilan tugagan. Urushning ayrim davlarida bu ko'rsatkichlar balandroq xam bo'lgan. Nemis armiyasida amputatsiyalar va o'lim ko'rsatkichi shu darajada yuqori bo'lganki, harbiy tsenzura anaerob infeksiya haqidagi ma'lumotlarni nashr qilishni taqiqlab ko'yishgacha etgan. Anaerob infeksiyani chaqiruvchi sabablariga ko'ra har xil mualliflar uni turlicha nomlashgan. Anaerob infeksiyani qadimda Antonov olovi deb xam nomlashgan. Ambruaz Pare esa uni gospital gangrenasi travmatik gangrena, yashin tezligidagi gangrena, mahalliy stupor, travmatik epidemiya, o'tkir yiringli shish deb nomlagan; N.I. Pirogov «mefitik gangrena», yashin tezligidagi gangrena, gazli gangrena deb atagan. Ko'pchilik shifokorlar «gazli gangrena» yoki jarohatlarning anaerob infeksiyasi terminidan foydalanishadi. Anaerob infeksiyaning ko'zg'atuvchisi quyidagi to'rtta maxsus mikroblardir: Cl.perfringens (44-90%), Cl.Oedematiens (15-50), Cl.histoliticus (2-6%), Vibrion septicus (10-30%). Bu bakteriyalar juda ko'p tarqalgan bo'lib, barcha joylarda: go'ng aralashgan tuproqda, odam va hayvonlar chiqindilari bilan ifloslangan ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.22 KB
Ko'rishlar soni
258 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.22 KB
Ko'rishlar soni
258 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:31 ]
Arxiv ichida: docx