Anaerob infeksiya

Anaerob infeksiya

O'quvchilarga / Tibbiyot
Anaerob infeksiya - rasmi

Material tavsifi

Adabiyotlar: 1. 131 - 139; 2. 51 - 53, 370 - 371 b. Tayanch iboralar: anaerob infeksiya. Gazli gangrena. Klostridium. O'ta virulentlik. Eritrotsitlar lizisi. Miotoksin. Neyrotoksin. Gialuronidaza fermenti. Nerv sistemasining parabiozi. Gazli flegmona. Krepitatsiya. Ixorozli suyuqliq. Chirituvchi infeksiya. Batsillalar. Chirish jarayoni. Kontrapertura. Oksigenoterapiya. Aktinomikoz. Nurli zamburug''. Druza. Nekrobakterioz, qoqshol va aktinobatsillyoz. 1. Anaerob infeksiya asosan jarohat infeksiyasi bo'lib hisoblanadi. Ammo adabiyotlarda uning endogen yo'l bilan ham rivojlanish mumkinligi ko'rsatilgan. Bu infeksiya emlash ishlarida va inyeksiya qilishda antiseptika qoidalariga rioya qilmaslikdan ham rivojlanadi. Tekshirishlar anaeroblar yerda 100%, tezakda 95% holatlarida borligini ko'rsatadi. Anaeroblar bilan ifloslangan yirik jarohatlar o'z vaqtida xirurgik yo'l bilan tozalanib, antiseptika usullari qo'llanganda kamdan-kam infeksiya tarqalishiga sabab bo'ladi chunki anaeroblar kislorod ta'sirida 10 daqiqa ichida o'ladi. Jarrohlik anaerob infeksiya asosan 4 tur chaqiruvchilar ta'sirida rivojlanadi: 1. Cl. perfringens. 2. Cl. oedematiens. 3.Cl. oedematiens maligni. 4. Cl. nystolyticus. Infeksiya rivojlanishiga jarohat teshigining kichikligi, ezilgan to'qimalar, cho'ntaklar, qon laxtalarining mavjudligi; asosiy arteriyalarning yorilishi va trombozi; venozli qonning turib qolishi; gematomalar; ko'p qon yo'qolishi; oyoqlarda jgut ko'p turib qolishi; yurak faoliyatining susayishi va boshqa, to'qimalarda kislorod kamayishiga olib boradigan sabablar ko'maklashadi. Ulardan tashqari anaerobli infeksiyaning rivojlanishiga gipo- va avitaminozlar, hamda xirurgik ishlov kechikib bajarilgani ham yordam beradi. Qoramollarda jarohatda ko'p miqdorda fibrin to'planishi sababli anaeroblarning ayniqsa ko'prok rivojlanib tarqalishi kuzatiladi. Anaerob infeksiyada organizmning immuniteti juda kuchsiz bo'ladi. Yallig'lanish jarayoni yaqqol sezilmaydi va gazli gangrena va gazli shishda hatto bostirilgan bo'ladi. Anaeroblar yaxshi rivojlanishi uchun asosan ishqorli muhit kerak. Masalan: B. tetani ph 7,0 - 7,6; Cl. perfringens ph 7,2 - 7,4; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.37 KB
Ko'rishlar soni 260 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:31 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.37 KB
Ko'rishlar soni 260 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga